Taqrizlar Barchasi 1
-
20-may 2023 y. 21:10
210
Kitoblarni o’qiganda undagi gaplar sizni o’zgartirsa, yangi maqsadlar belgilashga sababchi bo’lsa, o’z yo’lingizdagi mujmalliklarga javob berolgan kitob bo’lsa uni hayotimni o’zgartirgan kitob deb atash mumkin. Shu paytgacha biron motivasion kitob yoki biznes kitoblarni o’qiganda hech o’zgarish sezmaganman. Ammo yaqinda men tugatgan kitob Grigoriy Petrovning “ Oq nilufarlar yurtida “ kitobi bo’ldi. Avval kitob nima haqida ekanligiga to’xtalsak va yoqqan, fikrlashimga ta’sir qilgan jihatlarni sizga ham tavsiya qilaman.
Kitob muallifi haqida.
Grigoriy Petrov haqida kirish qismida qisqacha va to’liqona ma’lumot berilgan. Uni o’qir ekansiz yurti uchun biroz o’zgartishni hohlagan, ammo bu ishlari uchun doimo taqibda bo’lganini ko’rishimiz mumkin. Ammo ziyoliligi, yangicha …