-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Mehrobdan chayon
Qodiriyning ikkinchi yirik asari hissoblangan, „Mehrobdan chayon“ asari 1928-yil fevral oyida yozib tugatilgan va 1929-yil Samarqandda bosilib chiqilgan. Roman mavzui ham XIX-asr adabiyot hodisalari – „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli. Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atalishiga sabab shuki: ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh – sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Shuningdek romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslikda yozuvchining jiddiy yutugʻi, kashfiyoti sifatida eʼtirof qilingan.
-
Boburnoma
Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub "Boburnoma"asari oʻzbek adabiyotidagi dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asardir. Asar eski oʻzbek ya'ni chigʻatoy tilida yozilgan va taxminan 1518/1519-yildan 1530-yilda yozib tugatilgan. "Boburiya", "Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi Boburiy" kabi nomlari ham mavjud. Boburning oʻzi esa "Vaqoye" va "Tarix" degan nomlarni ishlatgan. Bobuburnomada 1494—1529-yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan va ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻliqdir.
-
Katta oʼyin. Ikki imperiya toʼqnashuvi
Bu asar mintaqada qariyb bir asr davom etgan siyosiy oʼyinlar, gilam osti diplomatiyasi, qonli janglar va katta hududni oʼz taʼsiri doirasiga tushirish uchun xalqaro bosim haqida qiziqarli tilda hikoya qiladi. Hikoya boʼlganda ham voqealarni oʼz koʼzlari bilan koʼrgan shohidlarning hikoyalari hissoblanadi.