-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Qiziqarli bilimlar olamida
Ushbu " Qiziqarli bilimlar olamida" qo‘llanmasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, astronomiyaga oid qiziqarli bilimlarni, turli kashfiyotlar tarixi, ijtimoiy hayotda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar bayon qilingan.Qo‘llanma umumiy o‘rta maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan keng kitobxonlar ommasi ham bahramand bo‘lishi mumkin.
-
Аjib yangi dunyo
Ingliz yozuvchisi Oldos Xakslining “Ajib yangi dunyo” asari jahon klassikasining shedevri hissoblanib , u eng mashhur uch antiutopik asarlarning biridir. Asar 1931 yilda yozilib, 1932 yilda nashr etilgan, ijtimoiy-fantastik roman hissoblanadi.“Ajib yangi dunyo”asarida reproduktiv texnologiyalar, uyqudagi taʼlim, ruhiyatga taʼsir va shartli reflekslarni shakllantirish sohalaridagi ulkan yutuqlar yordamida antiutopik jamiyat yaratiladi.
-
Onam va koinot
Javlon Jovliyev yuragida dardi bor yozuvchilar sirasidandir va jiddiy mavzularda kuyunib yozadigan adiblardan biri hissoblanadi. Bu kitobga adibning turli yillarda yozgan hikoyalari kiritilgan bo'lib, kitobni o'qish davomida yozuvchining orzu-istaklarini tushunganday bo‘lasiz: adib odam bolasining asl inson, manqurtlikdan qutulib, fikrlaydigan, yurt va millat uchun qayg‘uradigan shaxs bo‘lishini istaydi, qo‘rqoqlik, ikki- yuzlamachilik, manfaatparastlik va xoinlikdan yiroq go‘zal jamiyatgina taraqqiyotga erisha olajagini uqtirmoqchi bo‘ladi; har bir odam fikriy qullik, maʼnaviy qo‘rqoqlikdan qutulib, asl Komillikka yetishishi lozimligini taʼkidlaydi. Shundagina dunyoda jaholat urchimaydi, bashariyat tanazzuliga sabab bo‘ladigan turli inqirozlar yuz bermaydi, qirg‘inbarot urushlar bo‘lmaydi.
-
Isyon va Itoat
Ulug‘bek Hamdamning asarlari ichida "Isyon va itoat" romani kitobxonlarda, olim va adabiyotshunoslarda katta qiziqish uyg’otdi. Roman eʻtiqod va iymon masalalariga bagʻishlangan boʻlib,"Isyon va itoat" asari qaxramonlari tiriklik mantigʻi va ruh halovatini, ikki dunyo toʻgʻrisidagi mushohadalar yordamida idrok etishga urinadi."Isyon va itoat" romanida dunyoning yaratilishi toʻgʻrisidagi rivoyatlar zamondosh insonning hayoti bilan mantiqiy uygʻunlashtiriladi. Roman professor tarjimon N. Vladimirova tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va kitob holida chop etilgan. "Isyon va itoat"asarida bosh qahramon Akbar bo'lib, uning taqdiri va Xudoga isyoni,lekin uzoq izlanish va mashaqqatlardan so’ng itoatga kelish jarayonlari falsafiy-psixologik talqinda tasvirlangan."Isyon va itoat" intellektual kitobxonga mo’ljallangan bo’lib, oddiy o’quvchi asardan to’la bahra ololmaydi, asardagi falsafiy mulohazalar uni zeriktirib qo’yadi. Boshqacha aytganda bu roman - yengil o’qilmaydi.
-
Adib Xolid: O'zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob
Amerikalik taniqli olim Adib Xolidning ushbu kitobi dunyo xaritasida O‘zbekiston degan davlatning paydo bo‘lishi haqida. Muallif XX asr boshlarida yurtimizda kechgan murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni chuqur tahlil qiladi, o‘sha davr qiyofasini bor ziddiyatlari bilan tasvirlashga harakat qiladi. Asar yurtimiz tarixiga qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
-
Atom odatlar
Atom odatlar- aniq maqsadga oʻzingizni oldindan qanday tayyorlash haqidagi sinalgan yoʻriqnoma.
Agar oʻrgangan feʼl-atvoringizni oʻzgartirish qiyin kechsa, muammo oʻzingizda emas, balki tutgan yoʻrigʻingizda. Yomon odatlar ularni oʻzgartirishni istamaganingiz uchun emas, balki notoʻgʻri oʻzgarishlarga amal qilayotganingiz uchun ham yoʻqolmaydi.
-
Abdulhamid so'ngi hukmdor
Yozgan tarixiy asarlari jahon bestsellerlari roʼyxatida oʼz oʼrniga ega boʼlgan, bir qancha mukofotlar sohibi, turk adibi — Okay Tiryakioʼgʼlidan oʼtkir syujetli yana bitta roman sizlar uchun armugʼon qilindi. Endi siz “Аbdulhamid” bilan birgalikda Usmonlilar tarixining jumboqli va qizgʼin davrini yashashga tayyor turing. Sulton Аbdulhamidning sir-sinoatga toʼla saroyiga qadam tashlar ekansiz, buyuk sultonning xalqaro siyosiy muzokaralarida oʼzingiz ham ishtirok etayotganday boʼlasiz. “Birodarlik jamiyati” deb nomlanuvchi guruhning yillar davomida tayyorlangan uchta anarxisti tomonidan Parijda boshlangan tartibsizliklarning Istanbulda uyushtirilgan suiqasdga borib taqalishining yechimi topilib, endi hammasi iziga tushadi deb oʼylarkansiz, birdan oʼzingiz ham saroydagi voqealarning qoq markaziga tushib qolasiz. Goʼyoki sulton Аbdulhamid oldida paydo boʼlasiz. Аna endi siz oʼzingizni Qiziqtirgan savollarning javobini topa boshlaysiz: 93-urushda nimalar boʼlgan? Falastin mojarolarida-chi? Konstitutsiyani qabul qilish jarayonlari qanday oʼtgan? Parlament nega tarqatib yuborilgan? “31-mart voqealari” nimani bildiradi? Sulton bilan josuslar oʼrtasidagi qizgʼin tortishuvlarda ishtirok etib, siz ham saroydagi hiyla-nayranglar oʼrtasida yurasiz. Doʼst-dushmanning, xiyonat va muhabbatning qaerdan qanday paydo boʼlishini bilish qiyin boʼlgan bu romanning bosh qahramoni obrazida shaxsan ishtirok etayotganday his qilasiz oʼzingizni.