Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Atom odatlar

Atom odatlar- aniq maqsadga oʻzingizni oldindan qanday tayyorlash haqidagi sinalgan yoʻriqnoma.Agar oʻrgangan feʼl-atvoringizni oʻzgartirish qiyin kechsa, muammo oʻzingizda emas, balki tutgan yoʻrigʻingizda. Yomon odatlar ularni oʻzgartirishni istamaganingiz uchun emas, balki notoʻgʻri oʻzgarishlarga amal qilayotganingiz uchun ham yoʻqolmaydi.

69 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
2 o'qigan
 
2 Taqriz
Atom odatlar- aniq maqsadga oʻzingizni oldindan qanday tayyorlash haqidagi sinalgan yoʻriqnoma. Soha bo'yicha yetakchi eksperlardan biri Jeyms Klir yaxshi odatlarni kasb qilish, yomonlaridan xalos bo'lish va katta natijalarga olib boruvchi mayda odatlarni qanday egallashni o'rgatadi.Agar oʻrgangan feʼl-atvoringizni oʻzgartirish qiyin kechsa, muammo oʻzingizda emas, balki tutgan yoʻrigʻingizda. Yomon odatlar ularni oʻzgartirishni istamaganingiz uchun emas, balki notoʻgʻri oʻzgarishlarga amal qilayotganingiz uchun ham yoʻqolmaydi.
Kitob nomi: Atom odatlar
Kitobning asl nomi: Atomic Habits
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingiliz tilida
Formati: Qattiq / 295
ISBN: 978-9943-23-194-8
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Nihol
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 7-may 2023 y. 17:02

    133

    1. Maqsadga erishish oniy hodisa, xolos.

    Tasavvur qiling, xonaningiz yoyilib yotibdi va siz uni tartibga keltirishni maqsad qildingiz. Agar o'zingizda yetarlicha g'ayrat topa olsangiz, uni tartibga keltirasiz va xona vaqtinchalik saramjon bo'lib turadi. Biroq xonaning bu ahvolga kelishiga sabab bo'lgan betartib odatlaringizdan voz kechmasangiz, u yana avvalgi holatga qaytadi va yangi g'ayrat oqimi kelmaguncha yana o'tiraverasiz. Tizim o'zgarmagani tufayli bir maqsadning ortidan qayta va qayta quvib yuraverasiz. Kasallikning sababi bir yoqda qolib, faqat uning belgilari bilan kurashaveramiz.

    Maqsadga erishish hayotimiz faqat qisqa muddatgagina o'zgartiradi. Bu esa doimiy yaxshilanib borish tamoyiliga mos kelmaydi. Ko'pchilik natijalarni o'zgartirish kerak, deb hisoblaydi. Aslida esa …

    Baholash: 0
  • 7-may 2023 y. 16:59

    117

    Kitobdan iqtibos keltirish yoki xulosa yozishdan oldin kitobning mavzusi haqida yozishni yaxshi ko'raman. Ozgina izlanib ko'rsam "Atom odatlar" kitobi haqida ko'p xulosa va fikrlar berilgan ekan. Ayniqsa iqtiboslar ko'p keltirilib amalda ham qo'llab kelayotgan ekanmiz. Shunchaki ushbu kitobdan ekanligini bilmagan ekanmiz. Kamina xodimingiz kitob o'qishda hamma aytib o'tgan fikrlarga ko'p to'xtalishni xohlamayman. Sababi o'sha fikrlarni ko'p eshitgan yoki amalda allaqachon qo'llayotgan bo'laman.

    Yuqoridagi kitobda kelgan fikrlarni ko'pini Payg'ambarimiz alayhissalom sunnatlarida ko'rdim. Hadis va uning sharhlari bilan yaxshilab tanishib chiqqan odam buni darrovda his qiladi. Mana birini keltiraman:

    Kitobda: Bir marta odatni o'tkazib yuborish bu kutilmagan hodisa, ikki marta o'tkazib yuborish …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar