Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
  • 7-may 2023 y. 17:02

    138

    1. Maqsadga erishish oniy hodisa, xolos.

    Tasavvur qiling, xonaningiz yoyilib yotibdi va siz uni tartibga keltirishni maqsad qildingiz. Agar o'zingizda yetarlicha g'ayrat topa olsangiz, uni tartibga keltirasiz va xona vaqtinchalik saramjon bo'lib turadi. Biroq xonaning bu ahvolga kelishiga sabab bo'lgan betartib odatlaringizdan voz kechmasangiz, u yana avvalgi holatga qaytadi va yangi g'ayrat oqimi kelmaguncha yana o'tiraverasiz. Tizim o'zgarmagani tufayli bir maqsadning ortidan qayta va qayta quvib yuraverasiz. Kasallikning sababi bir yoqda qolib, faqat uning belgilari bilan kurashaveramiz.

    Maqsadga erishish hayotimiz faqat qisqa muddatgagina o'zgartiradi. Bu esa doimiy yaxshilanib borish tamoyiliga mos kelmaydi. Ko'pchilik natijalarni o'zgartirish kerak, deb hisoblaydi. Aslida esa muammoning ildizi u yerda emas. O'zgartirilishi kerak bo'lgan joy shu natijalarga olib keladigan olib keladigan tizimdir. Muammolarni to'laligicha hal qilish uchun masalaga tizim darajasida yondashish kerak. Xom ashyo yaxshilansa, mahsulot o'z-o'zidan yaxshilanadi.

    2. Maqsadlar uzoq muddatli o'sish bilan mos kelmaydi.

    Nihoyat, maqsadga yo'nalgan fikrlash tarzi motivasiyani kamaytirib yuborishi ham mumkin. Yugurish musobaqalarining ko'plab qatnashchilari oylab tayyorgarlik ko'radi. Ammo marra chizig'idan o'tishi bilan ular mashg'ulotlarni to'xtatib qo'yadi. Ularni mashq qilishga undab kelgan poyga endi yo'q. Agar barcha say-harakatlar maqsadga yo'naltirilgan bo'lsa, unga erishganingizdan so'ng harakatlarni yana davom ettirishga nima undaydi? Shu sababli ham ko'pchilik maqsadga erishgandan so'ng avvalgi odatlariga qaytib qoladi.

    Yuqoridagi fikrlar abituriyent talaba bo'lgandan so'ng kuzatiladi. Talabalarning juda ko'pi o'qimay qo'yadi. Mana shu hayotiy holatga solishtirish mumkin.

    Baholash: 0
Izohlar 0