-
Men. Bas qil, ey nafs!
Ba'zida yozishdan boshqa chora yo'qdek tuyuladi. Yozishdan boshqa malham yo'q deysan-u, yana yozaverasan. Bir chekkada yashirincha ko'z yosh to'kkan odamdek yana qo'lingga qalam olasan. Bu gal qalbim bir ajib hayol ortidan ketdi. Mushkul ishni orzu qildim, qiyin narsani yozishga niyat bog'ladim.
-
Baxtli bo‘lish sirlari
Dunyodagi eng ko‘p sotilgan psixologik kitoblarning mashhur muallifi Mrinal Kumar Gupta bo'lib, uning yana bir mashxur psixologik asarlaridan biri "Baxtli bo'lish sirlari" asaridir. Va, ilk marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilindi. «Baxtli bo‘lish sirlari» kitobi siz uchun sirdosh va yaxshi maslahatchi bo‘la oladi. Oson va tushunarli tilda yozilgan, hayot sinovlaridan o‘tgan ushbu maslahatlar to‘plamini o‘qishingizni tavsiya qilamiz. Dilafro‘z Ahmadaliyeva ushbu mashxur asarni siz-u biz kitobxon tushinib o'qishimiz uchun o'zbek tiliga tarjima qilgan.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
Yosh va iste'dodli turk yozuvchisi, turk-u o'zbek xalqlari qalbidan joy ola olgan adib Mirach Chag'ri Oqtoshning "Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar" kitobini o'qigan inson o'zini go'yoki yangi tug'ilgandek his qiladi va, albatta, hayotga boshqacha nigoh bilan qarashni boshlaydi. Agar ushbu asardagi muallif tomonidan keltirilgan har bitta nasihat, o'git va maslahatlarni inson hayoti davomida tatbiq qilishga harakat qilsa , albatta, u inson hayotida yuksak marralarni zabt eta oladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Qo'shimchasiga, o'zi uchun ochilmagan yo'llarni ochadi yokida, yangidan yangi motivatsiyalarni topishga harakat qiladi va o'zining ochilmagan qirralarini va talantlarini aynan shu asar orqali kashf eta oladi.
-
Super hayot
Robin Sharmaning “Super hayot” nomli kitobi ong, tana va tafakkurni takomillashtirish uchun 30 kunlik dasturni o‘z ichiga oladi hamda super hayotning siz bilmagan 200 ta siri ham shu kitobda mujassam. Aziz kitobxon, qarshingizda turgan kitob g‘oliblar uchun dasturdir. Bu dastur bilan qiziqayotganingiz va kitobni varroqlayotganingizning o‘zi sizning ko‘pchilikdan ajralib turishingizni isbot qiladi. Shu bilan birga kamolotga erishish yo‘lida o‘zingizning ong, tana fe'l-atvoringiz ustidan g‘olib-hokim bo‘lishga qat?iy qaror borligini ko‘rsatadi. Ushbu kitobni o‘qib o‘z-o‘zingizni qayta kashf qilishingiz uchun chaqiriqni labbay deya qarshi olish va shaxsiy imkoniyatlaringiz chegarasiz ekanligini isbot qilishingiz mumkin.
-
200 hayot darsi
Amerikaning taniqli yozuvchi va gumanist mutafakkiri Robin Sharmaning bestseller asarlaridan biri ''200 hayot darsi'' asari 3tilda yozilgan.
-
Omma psixologiyasi
Gustav Lebonning "Omma psixologiyasi " asari birinchi bor 1885 yilda, fransuz tilida nashr etilgan. Kitobxonlar e'tiborini bugungi kungacha yo‘qotmay kelyapti. Necha yil o‘tgan bo‘lsa hamki kichik jamoa liderlaridan tortib, jurnalistlaru-siyosatchilargacha o‘qishadi.
-
Atom odatlar
Atom odatlar- aniq maqsadga oʻzingizni oldindan qanday tayyorlash haqidagi sinalgan yoʻriqnoma.
Agar oʻrgangan feʼl-atvoringizni oʻzgartirish qiyin kechsa, muammo oʻzingizda emas, balki tutgan yoʻrigʻingizda. Yomon odatlar ularni oʻzgartirishni istamaganingiz uchun emas, balki notoʻgʻri oʻzgarishlarga amal qilayotganingiz uchun ham yoʻqolmaydi.
-
Tana va ruhni tarbiyalash
Ushbu kitob Sizni o‘zingizni anglashdek hayratlanarli yo‘ldan boshlab boradi. Norbekov tizimining xususiyatlari bilan tanishishda davom etar ekansiz, ko‘rish, eshitish qobiliyatini yaxshilash, hissiyotlarni mashq qildirish bo‘yicha va boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan amaliy ko‘rsatmalarga ega bo‘lasiz, ayollar esa ko‘plab muammolarga yechim topib, sezgilarining to‘laqonli tiklanishiga ko‘mak beradigan vositasiz ginekologik automassaj texnikasiga ega bo‘lishlari mumkin. Kitobda ilova qilinayotgan barcha mashqlarning bajarilishi juda oddiy va turli yoshdagi odamlarga: ayollar, bolalar, katta yoshdagilar, hatto o‘zini qariyaga chiqarib qo‘yganlarga mo‘ljallangan va bajarilishi oson. Bu mashqlar ijro etuvchiga yoshlik va salomatlik bag‘ishlovchi jozibali raqs nafosatini eslatadi.