Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Super hayot

Robin Sharmaning “Super hayot” nomli kitobi ong, tana va tafakkurni takomillashtirish uchun 30 kunlik dasturni o‘z ichiga oladi hamda super hayotning siz bilmagan 200 ta siri ham shu kitobda mujassam. Aziz kitobxon, qarshingizda turgan kitob g‘oliblar uchun dasturdir. Bu dastur bilan qiziqayotganingiz va kitobni varroqlayotganingizning o‘zi sizning ko‘pchilikdan ajralib turishingizni isbot qiladi. Shu bilan birga kamolotga erishish yo‘lida o‘zingizning ong, tana fe'l-atvoringiz ustidan g‘olib-hokim bo‘lishga qat?iy qaror borligini ko‘rsatadi. Ushbu kitobni o‘qib o‘z-o‘zingizni qayta kashf qilishingiz uchun chaqiriqni labbay deya qarshi olish va shaxsiy imkoniyatlaringiz chegarasiz ekanligini isbot qilishingiz mumkin.

1 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
1 Taqriz
Bugun – sizning yangilangan, sizga uni biror-bir haqiqatda go‘zal va umrboqiy narsaga aylantirib olishingiz uchun berilgan yangi hayotingizning birinchi kunidir. Hech bir o‘tmish kelajakni belgilay olmaydi, shunday ekan, hayotingizdagi ijobiy o‘zgarish­lar, burilishlar kiprik qoqqulik muddatda sodir bo‘lishi hech gap emas (albatta, agar hayot tarzingizni eng yuqori darajasigacha olib chiqishga bo‘lgan qatʼiy qarorga ega bo‘lsangiz).Qarshingizda – g‘olib­lar uchun das­tur. Bu kitob bilan qiziqayotganingizning o‘zi sizning ko‘pchilik ommadan ajralib turishingizni isbot qiladi. Shu bilan birga sizda, hayotiy kamolotga erishish yo‘lida, o‘z ong, tana va feʼl-atvoringiz ustidan g‘olib va hokim bo‘lishga qaratilgan qatʼiy qaroringiz borligini ko‘rsatadi. O‘z-o‘zini qayta kashf qilishga chorlovchi bu chaqiriqni “Labbay!” deya qarshi oling va shaxsiy imkoniyatlaringiz, qobiliyatlaringiz, xullas, potensialingiz boyliklariga cho‘ming. Buyuk bo‘lishga va nihoyat, jurʼat qiling!
Kitob nomi: Super hayot
Kitobning asl nomi: Mega Living
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: A5
ISBN: 978-9943-7084-0-2
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Toshkent
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 7-may 2023 y. 17:14

    135

    1. Agar biror ishni 21 kun ketma-ket bajarsangiz, sizda bu narsalarni odat qilib olish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo'ladi. Maqsadda o'jar bo'lishlik va davomiylikda ulkan kuch yashirin. Biror yomon odatdan halos bo'lishni istasangiz, shaxsiy intizomdan foydalanib, o'rniga boshqa narsani, masalan har kunlik toza havoda sayrni tashkil qiling. Chekishni tashlamoqchimisiz, marhamat, 21 kun chidab bering.

    2. Hayotda muvaffaqiyat qozongan barcha shaxslar faoldirlar. Ular har bir omadsizlik va mag'lubiyatlarni dars sifatida, xatolarni esa o'sish, takomillashishni ta'minlovchi eng maqbul imkoniyat sifatida qabul qilishgan. Ularning barchalari shuni anglab yetganlarki, og'riq va alam beqiyos muallimdir. Shuningdek hayotda salbiy hodisalar mavjud emas, faqatgina, kezi kelsa taraqqiy …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar