Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Bir kun. Bir muhabbat tarixi

Devid Nikollsning “Bir kun” romani oʻzbek tilida "Asaxiy Books" tomonidan bizga taqdim etilgan navbatdagi yangilik. Bu asar kitobxonlar orasida ommalashgan va "Galaxy Book of the Year" mukofotini olgan, zamonaviy ingliz adabiyoti bestselleri boʻlgan badiiy kitobdir. Devid Nikollsning  qalamiga mansub bo'lgan ushbu roman:  bebosh yoshlik, oqar daryodek umr, qoyadek mustahkam doʻstlik, sof muhabbat va boqiy sadoqat toʻgʻrisidagi romandir. Bu sevgining tabiati, murakkab munosabatlarni, inson psixologiyasini ochib beradigan, Gʻarbdagi zamonaviy sevgiga yangicha qarash imkonini beradigan samimiy kitobdir. Albatta , barcha kitobsevar insonlar qalbidan joy oladi!

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Devid Nikollsning ushbu romanini mutolaa qilish davomida kitobxonlar qahramonlar bilan birga  yashashadi,  asar qahramonlari  kabi hayajonlanishadi,  ular kulgan paytda ular bilan birga kulishadi va ularni his qilishadi. Ushbu asarni  oʻqib tugatganingizdan so'ng ham kitobxon bilan uzoq muddat birga yashovchi roman va sizlarni qayta-qayta o'qishingizga undovchi asardir. Ushbu kitob “Xalq banki” bilan hamkorlikda chop etildi. 
Kitob nomi: Bir kun. Bir muhabbat tarixi
Kitobning asl nomi: One day
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: A5
ISBN: 978-9943-9730-9-1
Nashr yili: 2023
Nashriyotchi: Asaxiy nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar