Herbert Jorj Uells
Tug'ilgan sanasi: 21 - sentabr, 1866 Vafot etgan sanasi: 13 - avgust, 1946 Davlati: AQSH
Herbert George Wells(talaffuzi: Herbert Jorj Uells; 21-sentabr 1866-yil — 13-avgust 1946-yil) — ingliz yozuvchisi. London universitetini tugatgan (1888). 1942-yildan biologiya doktori. 1893-yilda biologiya va fiziografiya boʻyicha dareliklar yozgan. U. 19-asrning 90-yillaridan badiiy ijod bilan shugʻullangan. "Vaqt mashinasi" (1895) romani bilan 20-asr ilmiy fantastikasiga asos solgan. Wells uchun Jonathan Swift, Voltaire, Amerika va nemis romantiklarining asarlari adabiy manba boʻlib xizmat qilgan. "Dunyolar muhorabasi" (1898) romanida Marsdan qilingan hujum natijasida kishilarda oʻz ijtimoiy tuzumining mukammalligiga shubha tugilishi haqida hikoya qilgan. "Ozod etilgan dunyo" (1914) romanida atom energiyasidan urush hamda tinchlik maqsadlarida foydalanish masalasi yoritilgan. "Zamonaviy utopiya" (1905) romanrisolasida esa jamiyatni davlat sotsializmi asosida qayta qurish loyihasini maʼqullagan; ammo Wells bu sotsializmda xususiy korxonalarga keng imkoniyat ochib berilishi tarafdori boʻlgan. "Vilyam Klissold dunyosi" (1926), "Oshkora fitna" (1928) romantraktatlarida U. oʻz nazariyasini marksizmga qaramaqarshi qoʻygan. Birinchi jahon urushi yillari (1914—18) da "Ozod dunyo" (1914) kitobini yozgan. 1916-yildan, garchi urushlarga qarshi asar yozgan boʻlsada ("Mister Britling qadahni oxirigacha simirdi"), rasman oʻz mavqeini oʻzgartirmagan.