Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Vaqt mashinasi

Gerbert Uells mashxur fantastik asarlari muallifi bo'lib, o'zbek kitobxonlariga o'zining "Dunyolar jangi", "Ko'rinmas odam" kabi takrorlanmas asarlari bilan juda yaxshi tanish. Gerbert Uells ko‘pdan-ko‘p roman, qissa va hikoyalar muallifidir. "Vaqt mashinasi" asari ham aynan Gerbert Uellsning dunyo tan olgan asarlaridan biri. Asar janri roman bo'lib, ushbu romanning bosh qahramoni — daho ixtirochi o‘zining ajoyib mashinasida 800 000 yil osha sayohat qilib, kelajakda tarallabedod yashaydigan nozik-nihol eloylaru yer osti maxluqlari — morloklarga duch keladi. Asar nomiga xos mos tarzda vaqtlar osha sayohat haqidadir.

2 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
"Vaqt mashinasi" hikoyalar qahramonlari  odamni tezlashtirib yuboruvchi dori o‘ylab topishadi, olmos yasashadi, yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini to‘xtatishadi, qo‘rqmay ummon qa'riga sho‘ng‘ishadi, vujudlarini o‘zaro almashtirishadi, butun shaharni vabo basillasi bilan zaharlamoqchi bo‘lgan qabih kimsaga qarshi kurashishadi, sayyoramizning bir joyida turib, boshqa yarim shardagi orolni ko‘rishadi, olmos yutib yuborgan tuyaqush hangomasiga guvoh bo‘lishadi, ozish o‘rniga vazn yo‘qotib, parvozlanishadi, mo‘'jizalar yaratishadi. Buyuk adibning ushbu asarlari endilikda, oradan bir asr o‘tgandan keyin ham hayot va xayolotning uzviy chatishmasi bilan hayratga soladi.
Kitob nomi: Vaqt mashinasi
Kitobning asl nomi: The time machine
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: A5
ISBN: 978-9943-7121-9-5
Nashr yili: 2022
Nashriyotchi: Silk Road Publishing
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar