-
O‘g‘irlangan million dollar
" O'g'irlangan million dollor" kitobiga detektiv janri qirolichasi nomi bilan mashxur bo'lgan taniqli yozuvchi Agata Kristining eng qiziqarli hikoyalari jamlangan. Ushbu hikoyalar bir-biridan qiziqarli, sirliligi bilan kitobxon e'tiborini tortadi. Yozuvchining asarlari kitobxonni voqealarning sirli jumboqqa boyligi bilan o‘ziga tezda jalb qiladi. Uning izquvar qahramonlari fikri tiniqligi, jinoyatlarni fosh qilishda yaqindan ishtirok etishi bilan ajralib turadi.
-
Izquvar Puaro
Mashhur ingliz yozuvchisi, «detektiv qirolichasi» Agata Kristining asarlari dunyoning yuzdan ortiq tillariga tarjima qilingan, ko‘plari sahnalashtirilgan. «Qora qarg‘alar siri», «O‘nta negr bolasi» fil'mlari shular jumlasidandir.Ushbu to‘plamga adibaning qiziqarli hikoyalari tanlab olingan. Bu hikoyalar sirli voqealarga boyligi bilan ajralib turadi. Hikoyalardagi izquvar qahramonlarning fikri tiniqligi, jinoyatlarni fosh qilishda yaqindan ishtirok etishi kitobxon diqqatini tortadi. Ayniqsa, qo‘ng‘iz mo‘ylov Puaro yoki miss Marplning voqealar va jinoyatlarni ochishi, masala yechimidagi yorqin, aniq xulosalari hayratlantiradi.
-
Vaqt mashinasi
Gerbert Uells mashxur fantastik asarlari muallifi bo'lib, o'zbek kitobxonlariga o'zining "Dunyolar jangi", "Ko'rinmas odam" kabi takrorlanmas asarlari bilan juda yaxshi tanish. Gerbert Uells ko‘pdan-ko‘p roman, qissa va hikoyalar muallifidir. "Vaqt mashinasi" asari ham aynan Gerbert Uellsning dunyo tan olgan asarlaridan biri. Asar janri roman bo'lib, ushbu romanning bosh qahramoni — daho ixtirochi o‘zining ajoyib mashinasida 800 000 yil osha sayohat qilib, kelajakda tarallabedod yashaydigan nozik-nihol eloylaru yer osti maxluqlari — morloklarga duch keladi. Asar nomiga xos mos tarzda vaqtlar osha sayohat haqidadir.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
O‘n besh yoshli kapitan
Fransuz yozuvchisi Jyul Vernning qalamiga mansub ''Oʻn besh yoshli kapitan“ (Un capitaine de quinze ans) asari sarguzasht roman hissoblanadi. 1878-yilda nashr etilgan.
-
Labirintda yugurovchilar
Faqat o‘z isminigina eslaydigan, boshqa xech nimani eslay olmaydigan o‘smir bola bir kuni temir "Quti" ichida uygonadi... Bu o‘smirning ismi-Tomas. Noma’lum olam ostonasiga "tashrif buyurgan" o‘spirin. Uyg‘ongandan keyin noma’lum sun’iy olamga tushib qoladi. Bu yerda o‘zidan boshqa bolalar ham borligini ko‘radi. Ular ham Tomas kabi temir "Quti" ichida bu yerga kelib qolishgan, ayrimlarining kelganiga esa ikki yildan oshgan va bu yerda ibtidoiy hayot kechirishardi. Bu yerda quyosh ham, tun ham, kun ham sun’iy edi. Joyning nomi esa "Labirint" edi... "Labirint"nima? Uni kimlar nima maqsadda barpo etgan? "Bunyodkor"lar kim? "Yuguruvchilar" kim? Bu yerning "Rahbar"lari: Nyut, Albi, Galli, Minxo bolalarni o‘zlariga qanday bo‘ysundirishgan? Tomas nima uchun "Yuguruvchi" bo‘lishni xohladi? Yarmi maxluq, yarmi robot bo‘lgan Griverlar qanday maxlukot? Ularni kimlar nima maksadda yaratgan? Griver "Zardobi" nima? Nima uchun Ben va Galli Tomasni o‘ldirmokchi edi? Ular haqmidi? Tomasning "Labirint"da ko‘rsatgan jasorati boshqalar tomonidan qanday kabul qilindi: telbalik, mardlik yo xoinlik debmi? Chak kim? Nega Tomas, avvalo, Chakni qutqarishni xohlaydi? Tomasdan keyin va oxirgi bo‘lib kelgan Tereza kim? Uning Tomasga qanday aloqasi bor? Tomas va Terezani o‘zaro nima bog‘lab turardi? Tig‘li qo‘ng‘iz va Terezaning qo‘liga yozilgan "OFAT" so‘zi nimani bildiradi? Albi nima uchun tashqi olamga chiqishni xohlamasdi yoki unga nimadir ma’lummidi? Tomas Griverlarni yengish va ozodlikka chiqish uchun qanday taklif beradi? Tereza bu taklifga qanday munosabat bildiradi? "Labirint"ni yengib tashqi olamga chiqa olishadimi? Asarni o‘qish davomida ushbu savollarga javob topasiz!
-
Oshkora qotillik qissasi
Oshkora qotillik qissasi ...
Ko‘p yillar mobaynida biz faqat o‘sha voqea xususida gapirib yurdik. O‘sha mash’um kungacha har birimiz o‘zimizcha yashab, peshonamizdagini ko‘rib kelayotgandik, hammaning ko‘ngliga g‘ulg‘ula solgan u hodisa esa fikru zikrimizni o‘z komiga tortdi, go‘yo har yoqda sochilib oqayotgan umrimiz irmoqchalari kutilmaganda o‘sha voqea girdobiga quyildi... Ommaning og‘zi-da shu gap, ammo biror inson zotining dilida sirni ochib, qurbonni suiqasddan ogohlantirish istagi yo‘q edi, inchunun, hech bir kishi falokat ro‘y bergach, unga nechog‘li aloqador bo‘lmogi va keyin taqdiri qanday kechajagi bobida biror aniq fikrga ega emasdi.
-
Kichkina shahzoda
Antuan de Sent-Ekzyuperi – XX asr fransuz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, mohir uchuvchi, shoir va yozuvchi, yosh-u qarining sevimli asari «Kichkina shahzoda»ning muallifi. «Uchuvchi» (1926), «Janubga xat» (1929), «Tungi parvoz» (1931), «Bashar sayyorasi» (1939), «Harbiy uchuvchi» (1942), «Istehkom» (1948), «Yoshlik maktublari» (1953) kabi asarlar Antuan de Sent-Ekzyuperining qalamiga mansubdir.
Antuan de Sent-Ekzyuperining asarlari dunyoning 200 tiliga tarjima qilingan. Jumladan, uning «Kichkina shahzoda» asari Xayriddin Sultonov tomonidan va «Istehkom» qissasidan parcha Abdug‘opir Qosimov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Ushbu kitob Antuan de Sent-Ekzyuperining o‘zbek tilida chop etilayotgan yangi to‘plamidir.