Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Izquvar Puaro

Mashhur ingliz yozuvchisi, «detektiv qirolichasi» Agata Kristining asarlari dunyoning yuzdan ortiq tillariga tarjima qilingan, ko‘plari sahnalashtirilgan. «Qora qarg‘alar siri», «O‘nta negr bolasi» fil'mlari shular jumlasidandir.Ushbu to‘plamga adibaning qiziqarli hikoyalari tanlab olingan. Bu hikoyalar sirli voqealarga boyligi bilan ajralib turadi. Hikoyalardagi izquvar qahramonlarning fikri tiniqligi, jinoyatlarni fosh qilishda yaqindan ishtirok etishi kitobxon diqqatini tortadi. Ayniqsa, qo‘ng‘iz mo‘ylov Puaro yoki miss Marplning voqealar va jinoyatlarni ochishi, masala yechimidagi yorqin, aniq xulosalari hayratlantiradi.

1 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
1920 yilda Agata Kristining birinchi romanida va 1975 yilda oxirgi romanida paydo bo'lgan Gerkul Puaro Sherlok Xolmsdan keyingi eng mashhur detektivga aylandi, 33 ta roman, pyesa va shu 51 qisqa hikoyada paydo bo'ldi. Agata Kristi bir narsadan afsuslangan. “Men ilk kitobimda Erkyul Puaroni iste'fodagi yosh ofitser sifatida tasvirlashim kerak ekan. Agar shunday qilganimda umrimning oxirigacha u haqidagi asarlarni yozishim mumkin edi” - degan edi Agata. Ilk kitobdayoq Puaro katta yoshli inson sifatida ko‘rsatilgan; Agata Kristiga “Nega Puaroni aynan belgiyalik qilib tasvirlagansiz?” - qabilidagi savolni ko‘p berishgan. Yozuvchining javobi esa ancha qiziqarli: “Chunki belgiyaliklar juda mazali shirin kulchalar pishirishadi”;
Kitob nomi: Izquvar Puaro
Kitobning asl nomi: Hercule Poirot
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: A5
ISBN: 978-9943-28-684-9
Nashr yili: 2016
Nashriyotchi: O‘zbekiston NMIU
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar