Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Graf Monte Kristo

Bu kitob - ko‘plar kutgan durdona. U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro‘yxatiga kiradi. Garchand «Graf Monte Kristo» yaratilganiga bir necha asrlar o‘tgan bo‘lsada, undagi ulug‘vor g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Asardagi qahramonlar, ularning hayoti, kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o‘quvchini kitobga ipsiz bog‘lab qo‘yadi. Ayniqsa, bosh qahramon Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari, ana shu yillar samarasi o‘laroq, o‘zgacha inson bo‘lib yetishishi, bir vaqtlardagi jabr-sitam uchun intiqom kurashiga kirishishi bugungi kun o‘quvchisi uchun ham birdek maroqli.

6 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
6 o'qigan
 
1 Taqriz
«Graf Monte Kristo»ni ko‘plar intiq kutayotganining boisi shundaki, ushbu kitob o‘zbek tilida chiqarilganiga qirq yildan oshdi. U dunyo adabiyoti xazinasidan o‘rin olgan bo‘lsa-da, ehtimol hajmi kattaligi bois, bizda boshqa chop etilmagan. Nashriyotimiz ko‘p sonli kitobxonlarning talab-istaklarini inobatga olib, mazkur ishga qo‘l urganining boisi ana shunda. Marhamat, o‘smirlik va ulug‘vorlik, ezgulik va jaholat, nafs yo‘lidagi taloto‘plar, kimsasiz oroldagi nadomatlar, qasosga undagan turfa sarguzashtlar olamiga oshno bo‘ling, muhtaram o‘quvchi!
Kitob nomi: Graf Monte Kristo
Kitobning asl nomi: The Count of Monte Cristo
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingilizcha
Formati: Yumshoq/1444
ISBN: 978-994308-965-5
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Yangi asr avlodi
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 18 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 31-oktabr 2021 y. 15:38

    343

    Graf Monte Kristo agar tirik bo'lganida, mening eng yaqin do'stim bo'lar edi. Afsuski, u do'stlikda omadi chopmaganlardan, ustiga-ustak sevgida ham sira baxt qushini boshiga qo'ndira olmaydi. Holbuki, boshida bunga juda yaqin kelgan edi... keyin esa..

    Keyin esa hammasi o'zgarib ketdi. Yosh dengizchi Edmon Dantes juda puxta o'ylangan hufiyona reja asosida qamoqqa tashlanadi. Biri amalini deb, biri sevgilisi deya xiyonat qilgan bo'lsa, uchinchisi o'z sirlari ochilishidan qo'rqqanidan begunoh bandaga jabr qilishadi.

    Ammo bu asarda nechog'liq mashaqqatli bo'lmasin, sinovlardan o'tgan odam obrazi ko'z oldimizda paydo bo'ladi. To' kuni sevgilisi Mersedes quchog'idan tortib olinib, tor va zax zindonga tiqilgan, sodda va hech narsadan …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar