Ahmad Qozonchi
Tug'ilgan sanasi: 1 - yanvar, 1936 Davlati: Turkiya
Ahmad Lutfiy Qozonchi (Prof. Dr. Ahmet Lütfi Kazancı) 1936 yili Turkiyaning Churum tumanida tug‘ilgan. Boshlang‘ich maktabni va imom-xatib liseyini shu tumanda bitirgan. 1964 yili Istanbul Oliy Islom institutini muvaffaqiyatli tamomlab, Churum, Siirt, Isparta shahar va tumanlarida din xizmatlarida ishlagan. 1977 yili Bursa Oliy Islom institutiga arab tili va adabiyoti bo‘yicha asistent bo‘lib ishga kirgan. Hozir Bursadagi Uludog‘ universitetining Ilohiyot fakultetida Islom tarixi bo‘limida xizmat qilayotir. Professor. Din tarixiga, diniy masalalarga, hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) va sahobalarining hayotlariga bag‘shlangan yigirmadan ortiq nomdagi (30 jildga yaqin) kitoblarning muallifidir. Bulardan tashqari yana to‘rtta roman ham yozgan. Uning «Saodat asri qissalari», «Abu Bakr Siddiq r.a.», «Hazrati Umar ibn Hattob r.a.», «O‘gay ona», «Qaynona» asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.