-
Bizga sajda yarashadi
"Bizga sajda yarashadi" asari muallifi Ahmad Gunbay Yildiz bo'lib, uning jida ko'p mashxur asarlari mavjud. Ushbu asar shular jumlasidandir. Asarni o'qir ekansiz kitob bir nechta hikoyalardan tashkil topgan. Kitobda nasroniy qizi Maryamning islom dinini qabul qilishi haqida, "Iblis o'z burchidan tondimi?", O'lim hayotning boshlanishi, kabi hikoyalar mavjud. Asarni albatta o'qib chiqishni tavsiya qilamiz. Turk tilidan ushbu asarni maxorat bilan o'zbek tiliga Ozoda Ahmedova, Shohsanam Ochilovalar tarjima qilishgan.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Sohilsiz dengiz
"Sohilsiz Dengiz" kitobi Ahmad Muhammad Tursun qalamiga mansub bo'lib, bu kitob ulug' ajdodimiz xadislar olami sultoni bo'lgan Muhammad Ibn Ismoil Buxoriy bobomizning xayot yo'llarini hikoya qilib beradi. Buxoriyning qadam yoʻllarini tasvirlagan muallifning ishlayotgan usullariyu, mukammal idroki huddi sizni oʻsha olam ichra qushdek parvoz qildiradi. Bu asarning juda tasirli joyi har bir tolibi ilmning qanday bilim olish, unga erishish, hayotda qanday yashash kerakligi buyuk ulamolarimiz va shayxlarimiz tilidan aytilgan. Bundan bir parcha:
Tolibi ilm uchun 4ta» коф» kerak.
Kissai padar- ota kissasi
Kosai modar- ona kosasi
Kashishi ustoz- ustoz eʼtibori
Koʻshishi shogird- shogird harakati.
-
Oila
Fitratning "Oila" asarida oilaviy xayotning islohotidan bahs yuritiladi. Fitratning oilaga nisbatan qarashlari zaminini Qur'onda shu masala bo‘yicha olg‘a surilgan fikr va g‘oyalar tashkil etadi. Bu kitob o‘z vaqtida taraqqiyparvar yoshlar tomonidan samimiy qarshi olingan. Oila asosini to‘g‘ri qurmasdan va yosh avlodni to‘laqonli to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh qilish, uning rivojini tarqqiyot sari yo‘naltirish mumkin emas. Oxir oqibatda millat taqdiri uning oilasining xolatiga bog‘liq. Bu g‘oya Fitrat asarida o‘z ifodasini topgan: “Xar bir millatning saodati va izzati albatta shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik anashu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat xam shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi.”
-
Ma`naviy Masnaviy (To'plam)
''Ma`naviy Masnaviy'' (To'plam) asari Jaloliddin Rumiyning shoh asarlaridan biri hissoblanib, bu asarda sharq va gʻarb adabiyotida buyuk asarlardan biri sifatida taʼriflanadi. Oltita katta jilddan iborat ushbu asar 26840 baytdan (51370 misradan), Qur'onning 70 foiz maʼnosini oʻzida jamlagan va asar 690 ta hadisga sharh, 270 ta turli mavzudagi hikoyalardan iboratdi
-
Islom iqtisodi. Global inqirozdan chiqish
''Islom iqtisodi. Global inqirozdan chiqish'' kitobi Turkiyaning mashhur ilohiyotchi olimi va doktori hissoblangan Ehson Shenojakning mazkur mavzudagi uzoq yillik izlanishlari mevasi boʼlib, kitobda "Islom iqtisodiyoti" mavzusi sodda holda, aniq dalillar asosida tushuntirib berilgan.
-
Isyon va Itoat
Ulug‘bek Hamdamning asarlari ichida "Isyon va itoat" romani kitobxonlarda, olim va adabiyotshunoslarda katta qiziqish uyg’otdi. Roman eʻtiqod va iymon masalalariga bagʻishlangan boʻlib,"Isyon va itoat" asari qaxramonlari tiriklik mantigʻi va ruh halovatini, ikki dunyo toʻgʻrisidagi mushohadalar yordamida idrok etishga urinadi."Isyon va itoat" romanida dunyoning yaratilishi toʻgʻrisidagi rivoyatlar zamondosh insonning hayoti bilan mantiqiy uygʻunlashtiriladi. Roman professor tarjimon N. Vladimirova tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va kitob holida chop etilgan. "Isyon va itoat"asarida bosh qahramon Akbar bo'lib, uning taqdiri va Xudoga isyoni,lekin uzoq izlanish va mashaqqatlardan so’ng itoatga kelish jarayonlari falsafiy-psixologik talqinda tasvirlangan."Isyon va itoat" intellektual kitobxonga mo’ljallangan bo’lib, oddiy o’quvchi asardan to’la bahra ololmaydi, asardagi falsafiy mulohazalar uni zeriktirib qo’yadi. Boshqacha aytganda bu roman - yengil o’qilmaydi.
-
Jangchi
"Jangchi" qissasi o'z motivi bilan o'zbek adabiyotida yangi yo'nalishni ochdi. Payg'ambarlar - xalqning najotkorlari haqidagi timsollar zamonaviy adabiyotimizda deyarli uchramaydi.
-
Qur'oni karim va o'zbek tilidagi ma'nolar tarjimasi
Shukronalik- inson ziynati. Bugungi tinchlik-osoyishtalik, erkin va faravon hayotga shukrona keltirish, uning qadriga yetish xayru barakani yanada ziyoda qiladi. Ushbu kitob sizga ayni yaratganning bergan ne’matlariga shukrona keltirishni o‘rgatadi. Shukrona keltirib, qalblari nurga to‘lgan ayollarning hikoyalarini Mazkur kitob – kitobxonlarimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olingan «Tafsiri Hilol»ning qisqartirilgan, maxsus nashri bo‘lib, unda faqat oyatlarning asli hamda ma’nolarning o‘zbekcha tarjimasi berilgan. Bu esa Qur’oni Karimni tilovat qiluvchilar uchun qiroat davomida oyatlarning mazmuni bilan ham tanishib borish imkonini beradi.
«Qur’oni Karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi»ning muqaddimasidan uning ushbu nashrning o‘ziga xos xususiyatlari haqida keng ma’lumot olishingiz mumkin. eshitib, ko‘zingizdan yosh chiqadi, ich-ichdan to‘lqinlanasiz, tilingizdan shukronalik tushmay qoladi. Eng muhimi, sizga tanish bo‘lgan psixolog, "Azizam" psixologik klubi rahbari Azizaxon Tashxodjayeva bilan qalban yaqinlikni his etasiz, uni xuddi oldingizda turgandek his etasiz. Kitob sizni shukronalikka o‘rgatar ekan, qalbingiz quvonchga, hayotingiz faravonlikka yuz tutadi.