Abdurauf Abdurahim o'g'li Fitrat
Tug'ilgan sanasi: 8 - yanvar, 1886 Vafot etgan sanasi: 4 - oktabr, 1938 Davlati: O'zbekiston
Abdurauf Fitrat 1886-yil Buxoroda ziyoli oilasida tavallud topdi.1909-1913 yillari Fitrat Turkiyada, Istanbul dorilfununida tahsil oladi. O'qib yurgan kezlarida zamondoshlari bilan birgalikda "Buxoro ta’limi maorif jamiyati" ni tuzadi. Fitrat 1919-1920 yillarda Afg‘oniston hukumatining Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimon, «Turon», «Buxoroi sharif», «Oina» kabi ko‘pgina gazeta va jurnallarni tashkil etishda bosh - qosh bo‘ddi, Turkistonda til, adabiyot, san’at masalalari bilan ilk bor tashkiliy ravishda shug‘ullangan «Chig‘atoy gurungi» tashkilotiga rahbarlik qildi, Buxoro xalq Respublikasining bir qator rahbar lavozimlarida ishladi. Buxoro amiriga berilgan ultimatum ham uning qalami bilan yozildi. Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda otib tashlangan.