-
O‘g‘irlangan million dollar
" O'g'irlangan million dollor" kitobiga detektiv janri qirolichasi nomi bilan mashxur bo'lgan taniqli yozuvchi Agata Kristining eng qiziqarli hikoyalari jamlangan. Ushbu hikoyalar bir-biridan qiziqarli, sirliligi bilan kitobxon e'tiborini tortadi. Yozuvchining asarlari kitobxonni voqealarning sirli jumboqqa boyligi bilan o‘ziga tezda jalb qiladi. Uning izquvar qahramonlari fikri tiniqligi, jinoyatlarni fosh qilishda yaqindan ishtirok etishi bilan ajralib turadi.
-
Izquvar Puaro
Mashhur ingliz yozuvchisi, «detektiv qirolichasi» Agata Kristining asarlari dunyoning yuzdan ortiq tillariga tarjima qilingan, ko‘plari sahnalashtirilgan. «Qora qarg‘alar siri», «O‘nta negr bolasi» fil'mlari shular jumlasidandir.Ushbu to‘plamga adibaning qiziqarli hikoyalari tanlab olingan. Bu hikoyalar sirli voqealarga boyligi bilan ajralib turadi. Hikoyalardagi izquvar qahramonlarning fikri tiniqligi, jinoyatlarni fosh qilishda yaqindan ishtirok etishi kitobxon diqqatini tortadi. Ayniqsa, qo‘ng‘iz mo‘ylov Puaro yoki miss Marplning voqealar va jinoyatlarni ochishi, masala yechimidagi yorqin, aniq xulosalari hayratlantiradi.
-
Vaqt mashinasi
Gerbert Uells mashxur fantastik asarlari muallifi bo'lib, o'zbek kitobxonlariga o'zining "Dunyolar jangi", "Ko'rinmas odam" kabi takrorlanmas asarlari bilan juda yaxshi tanish. Gerbert Uells ko‘pdan-ko‘p roman, qissa va hikoyalar muallifidir. "Vaqt mashinasi" asari ham aynan Gerbert Uellsning dunyo tan olgan asarlaridan biri. Asar janri roman bo'lib, ushbu romanning bosh qahramoni — daho ixtirochi o‘zining ajoyib mashinasida 800 000 yil osha sayohat qilib, kelajakda tarallabedod yashaydigan nozik-nihol eloylaru yer osti maxluqlari — morloklarga duch keladi. Asar nomiga xos mos tarzda vaqtlar osha sayohat haqidadir.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Mo'yna mantoli Madonna
«Moʼyna mantoli Madonna» turk romanida Birinchi jahon urishidan keyin - Ikkinchi jahon urushidan oldingi davrlarda yashagan qahramonlarning ehtirosli, achchiq muhabbati tasvirlanadi.
-
Chingachkuk fojiasi yoxud Saskuixanna manbalarida
AQSHda yashab ijod etgan adib Jeyms Fenimor Kuper (1789-1951) qalamiga mansub "Chingachkuk fojiasi yoxud Saskuixanna manbalarida" asari hissoblanadi. Romanning inglizcha nomi "The Pioneers, or The sources of the Susquehanna"dir. Ispan tilidan rus tiliga Irina Gurova, Nina Dexterevalar "Pioneri, ili U istokov Saskuixanni" nomi ostida tarjima qilishgan va asarni rus tilidan mahorat bilan tarjima qilgan Erkin Mirobodov bo'lib, "Chingachkuk fojiasi yoxud Saskuixanna manbalarida" nomi ostida tarjima qilingan ko‘rinishidir.
-
Vabo
Buyuk fransuz adibi Alber Kamyu qalamiga mansub bo'lgan “Vabo” romani 1947-yilda yozilgan. Asarda keltirilgan bu vaboning mazmuni Yevropaning natsizm va fashizmga qarshi kurashi. Asar shu haqida so'zlaydi.
-
Sohil yoqalab chopayotgan olapar
„Sohil yoqalab chopayotgan olapar“qissasi bosh qahramon Kiriskning birin-ketin yaqinlaridan ajralib qolishi, bobosi, amakisi, otasi aynan tabiiy ofat yo kasallik yoki olishuv natijasida emas chorasizlikdan, soʻngsiz azob-uqubatga mubtalo boʻlmaslik, oʻn gulidan bir guli ochilmagan, hali hayot atalmish buyuk neʼmatni yaxshi anglamagan Kirisk uchun oʻzlarini qurbon qilganliklari haqida.
-
Gorio ota
Onore de Balzakning ''Gorio ota'' asarida Gorio ismli kishining fojiali hayoti aks ettirilgan bo'lib, yozuvchi birgina oila misolida butun fransuz jamiyatining chirkinligini, odamlar pul uchun , obro' , mansab uchun hech narsadan qaytmasliklarini, ular uchun oilaning hech qanday ahamiyati yo'q ekanini ko'rsatib bergan.