-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Imomning maneken qizi
Omina Shenlikoʼgʼli 1953 yilda Turkiyaning Giresun viloyati, Darali Аnbaralan qishlogʼida tugʼilgan. Kichik yoshidanoq Аdabozoriga, u yerdan esa oilasi bilan birgalikda Istanbulga kelib joylashadi. Yoshlik chogʼidan turli yoʼnalishlardagi tahsil bilan bir qatorda xristianlik dini va "Injil" kitobi boʼyicha ilmiy izlanishlar bilan shugʼallanadi.
-
Saodat asri qissalari
Yuz yillarcha davom etgan tussiz, mas’uliyatsiz hayot, bu hayot ichidagi yaxshi-yomon, ibrat olish mumkin bo‘lgan e’gaqod, axloq, odat va an’analar... undan keyin ilohiy amr xilpiratgan Tavhid sanjog‘i va haq bilan botil orasida yuzaga kelgan buyuk kurash.