Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Imomning maneken qizi

Omina Shenlikoʼgʼli 1953 yilda Turkiyaning Giresun viloyati, Darali Аnbaralan qishlogʼida tugʼilgan. Kichik yoshidanoq Аdabozoriga, u yerdan esa oilasi bilan birgalikda Istanbulga kelib joylashadi. Yoshlik chogʼidan turli yoʼnalishlardagi tahsil bilan bir qatorda xristianlik dini va "Injil" kitobi boʼyicha ilmiy izlanishlar bilan shugʼallanadi.

74 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
35 o'qigan
 
1 Taqriz
Omina Shenlikoʼgʼli 1985 yildan beri "Maktub" nomli jurnalning nashr ishlari boshqaruvchisi boʼlib ishlab kelmoqda. Vaqti-vaqti bilan Turkiyaning turli viloyatlari va chet mamlakatlarda konferentsiyalar oʼtkazib keladi. Koʼplab hikoya, qissa va romanlar muallifidir.
Kitob nomi: Imomning maneken qizi
Kitobning asl nomi: imamın manken kızı
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Turk tilida
Formati: Yumshoq / 171
ISBN: 978-9943-4932-9-2
Nashr yili: 2018
Nashriyotchi: Qaqnus media
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 22-noyabr 2021 y. 16:56

    396

    Bu kitobni o'qish boshida ozgina murakkablik qildi. Ba'zida shunday bo'ladi qaysidur asarni olib o'qishni boshlaganda, uni mazmuni, uni yozilish usuli "og'irlik" qiladi va shunda bu asarni o'qishni ma'lum vaqtga qoldirib turaman.

    Lekin "Imomning maneken qizi" asarida bunday bo'lmadi. Undagi qiz va ota munosabati, qizni ichidan o'tgan o'y-fikrlar, uning g'alayoni va mardligi(uydan qochib ketishi) asarni o'qigan sari o'ziga tortib ketdi(murakkab bo'lsa ham).

    Uydan qochib ketgandan so'ng asar qahramoni uyining, otasini himoya devorining "narigi" tarafidagi haqiqiy hayotni o'z ko'zi bilan bilan ko'rib, otasiga nisbatan, diniga nisbatan qanchalik nohaqlik qilganini tushunib yetadi.

    Umuman olganda asar o'qishga arzidi.

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar