-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Oila
Fitratning "Oila" asarida oilaviy xayotning islohotidan bahs yuritiladi. Fitratning oilaga nisbatan qarashlari zaminini Qur'onda shu masala bo‘yicha olg‘a surilgan fikr va g‘oyalar tashkil etadi. Bu kitob o‘z vaqtida taraqqiyparvar yoshlar tomonidan samimiy qarshi olingan. Oila asosini to‘g‘ri qurmasdan va yosh avlodni to‘laqonli to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh qilish, uning rivojini tarqqiyot sari yo‘naltirish mumkin emas. Oxir oqibatda millat taqdiri uning oilasining xolatiga bog‘liq. Bu g‘oya Fitrat asarida o‘z ifodasini topgan: “Xar bir millatning saodati va izzati albatta shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik anashu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat xam shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi.”
-
Eng baxtli ayol
Bu kitob ayol zotini o‘zining Islom dinida ekanligidan baxtiyor bo‘lishga, Allohning unga bergan fazlidan shod bo‘lishga hamda o‘zidagi bor ne’matlarga xursand bo‘lishga undaydi.
-
Imomning maneken qizi
Omina Shenlikoʼgʼli 1953 yilda Turkiyaning Giresun viloyati, Darali Аnbaralan qishlogʼida tugʼilgan. Kichik yoshidanoq Аdabozoriga, u yerdan esa oilasi bilan birgalikda Istanbulga kelib joylashadi. Yoshlik chogʼidan turli yoʼnalishlardagi tahsil bilan bir qatorda xristianlik dini va "Injil" kitobi boʼyicha ilmiy izlanishlar bilan shugʼallanadi.