Chingiz Aytmatov
Tug'ilgan sanasi: 12 - dekabr, 1928 Vafot etgan sanasi: 10 - iyun, 2008 Davlati: Qirg'iziston
Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1968). Qirg'izistondagi Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug'ilgan. Ilk hikoyalari 1950-yillarda bosilgan. „Bay-damtol sohillarida“ (1955), „Yuzma-yuz“ (1957) asarlari oʻtkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. Aytmatov oʻzbek adabiyoti, umuman, oʻzbek madaniyati tarixini yuksak baholab, „Qadim-qadim oʻzbek madaniyatining Oʻrta Osiyoga koʻrsatgan taʼsirini koʻhna Vizantiyaning Qadim Rusga koʻrsatgan taʼsiri bilan qiyoslash mumkin“, deb hisoblaydi. Aytmatov Oʻzbekiston Respublikasining „Doʻstlik“ (1995), „Buyuk xizmatlari uchun“ (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirgʻiziston Respublikasida Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi „Oltin medal“ mukofoti taʼsis etilgan (1999).