Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Jamila

Chingiz Aytmatov '' Jamila'' asari insonni ulugʻlanishi, uning zahmatkashligi, yaratuvchanligini sharaflanishi bilan eʼtiborni tortadi. Asosiy qahramonlari oddiy odamlar bo'lib, ular: Jamila, Doniyor, Tanaboy, Bola, Moʻmin chol va boshqalar. Chingiz Aytmatov shu odamlarning turmush tarzini, hayotini  koʻrsatib, umuminsoniy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar toʻgʻrisida soʻz yuritadi. 

1 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
3 o'qigan
 
1 Taqriz
Chingiz Aytmatov nomini dunyoga mashhur qilgan asar- "Jamila" qissasi. 1958 yili rus va fransuz tillarida e'lon qilingan, ikki yilda sobiq Ittifoq va xorijdagi  30ga yaqin tilga tarjima qilingan. Asarni fransuz tiliga tarjima qilgan Lui Aragon uni "Muhabbat haqida yozilgan jahondagi ajoyib qissa" deb baholagan.
Kitob nomi: Jamila
Kitobning asl nomi: Jamila
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Qirg'iz
Formati: A5
ISBN: 978-9943-5319-9-4
Nashr yili: 2019
Nashriyotchi: Yoshlar
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 10 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 4-mart 2023 y. 17:41

    145

    1950-60-yillarda Moskvada "Новый мир" — eng obro'li va eski adabiy jurnallardan biri hisoblanardi. Bu jurnalda Sholoxov, Pasternak, Soljenitsin va Hamzatov kabi adabiyot darg'alarining eng yaxshi asarlari chop etilardi. 1958-yilda tahririyatga hali endi 30 yoshga to'lgan qirg'iz yozuvchisining qissasi kelib tushadi. O'sha paytdagi bosh muharrir Aleksandr Tvardovskiyga qissa juda manzur bo'ladi va uni "Jamila" deya nomlab, bosib chiqaradi. Majoziy aytganda, shu bilan ertaga tongda Chingiz Aytmatov endi mashhur sifatida uyqudan uyg'onadi.

    Uning asari nafaqat SSSRda, balki undan tashqarida ham keng sur'atlarda bosilib chiqa boshlaydi. Lekin avvalboshida uni rus yozuvchisi deya hisoblashardi, sababi chet elliklarning SSSR xalqlari borasida bilimlari yetarli emasdi, biroq …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar