Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Said Ahmad

Tug'ilgan sanasi: 10 - iyun, 1920 Vafot etgan sanasi: 5 - dekabr, 2007 Davlati: O'zbekiston

Saidahmad Husanxoʻjaev 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrida tugʻilgan. Said Ahmadning bolaligi ElbekOybekGʻafur Gʻulom kabi adiblar bilan oʻtdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi: agitplakatlar yozdi, artist boʻlishga urinib koʻrdi, doktorlik maktabida oʻqidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Pensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi. Milliy istiqlol yoʻlidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999-yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. 2007-yil 5-dekabrda olamdan o'tdi.


Yozuvchi kitoblari