Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar

Yosh va iste'dodli turk yozuvchisi, turk-u o'zbek xalqlari qalbidan joy ola olgan adib Mirach Chag'ri Oqtoshning  "Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar"  kitobini o'qigan inson o'zini go'yoki yangi tug'ilgandek his qiladi va, albatta, hayotga boshqacha nigoh bilan qarashni boshlaydi. Agar ushbu asardagi muallif tomonidan keltirilgan har bitta nasihat, o'git va maslahatlarni inson hayoti davomida tatbiq qilishga harakat qilsa , albatta, u inson hayotida yuksak marralarni zabt eta oladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Qo'shimchasiga, o'zi uchun ochilmagan yo'llarni ochadi yokida, yangidan yangi motivatsiyalarni topishga harakat qiladi va o'zining ochilmagan qirralarini va talantlarini aynan shu asar orqali kashf eta oladi.

13 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Ushbu kitob ilk bor o‘zbek tiliga Ozoda Ahmedova tomonidan o‘girilib, o‘quvchilar e'tiboriga  taqdim etilmoqda. Asarda adib yosh bo'lishiga qaramasdan muqaddas Qurʼoni Karimdagi suralar, payg‘ambarlar hayotidan ibratli voqealardan misollar, jahonga tanilgan ko‘plab mutafakkirlar, donishmand allomalarning purmaʼno fikrlaridan iqtiboslar keltirib , falsafiy mushohada yuritadi. U insonlarni ezgulikka, xayr-u saxovat ko‘rsatishga, doimo yaxshilik qilish va kek saqlamaslikka chorlab, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi; hayotdagi qiyinchiliklar Allohning bir sinovi ekani, ular oldida esankiramay, muammolarga yechim izlash, doimo olg‘a intilish zarurligini uqtiradi, o‘quvchida shukronalik tuyg‘ularini uyg‘otadi. 
Kitob nomi: Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
Kitobning asl nomi: Hayat Kaybettiğin Yerden Başlar
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Turk
Formati: A5
ISBN: 978-9943-7253-6-2
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Factor Press
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar