-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
Yosh va iste'dodli turk yozuvchisi, turk-u o'zbek xalqlari qalbidan joy ola olgan adib Mirach Chag'ri Oqtoshning "Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar" kitobini o'qigan inson o'zini go'yoki yangi tug'ilgandek his qiladi va, albatta, hayotga boshqacha nigoh bilan qarashni boshlaydi. Agar ushbu asardagi muallif tomonidan keltirilgan har bitta nasihat, o'git va maslahatlarni inson hayoti davomida tatbiq qilishga harakat qilsa , albatta, u inson hayotida yuksak marralarni zabt eta oladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Qo'shimchasiga, o'zi uchun ochilmagan yo'llarni ochadi yokida, yangidan yangi motivatsiyalarni topishga harakat qiladi va o'zining ochilmagan qirralarini va talantlarini aynan shu asar orqali kashf eta oladi.
-
Kelinlar daftariga. Hayot darsligi
"Kelinlar daftariga" risolasida dolzarb mavzuga qo'l urilgan. Asarning nomidan ham qanday mavzuda gap ketishi haqida taxmin qilishimiz mumkin. "Odamiylik mulki"ga ilova tarzida yuzaga kelgan risola nomiga monand mos kelinlarga murojaat sifatida yozilgan hamda, unda kuyov, qaynota, qaynonalar e'tiborini tortuvchi masalalar haqida atroflicha fikr yuritilgan.