Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Mirkarim Osim

Tug'ilgan sanasi: 14 - avgust, 1907 Vafot etgan sanasi: 14 - avgust, 1984 Davlati: O'zbekiston

Mirkarim Osim (1907 - 1984) O‘zbek adabiyotida afsonalar asosida badiiy asarlar yaratgan adib. 1907 yilda Toshkentda ziyoli oilasida tug‘ilgan. U dastlab eski makdabda, keyinchalik "Shams ul-urfon" nomli boshlang‘ich maktabda, 1921 - 1924 yillarda esa Navoiy nomidagi Respublika bilim yurtida tahsil ko‘radi. Adib “O‘tror”, “To‘maris”, “Shiroq”, "Temur Malik", "Mahmud Tarobiy", "Aleksandr va Spitamen", "Mohlaroyim va Xonposhsha", "Karvon qo‘ng‘irog‘i", “Elchilar”, "Zulmat ichra nur", "Jayhun ustida bulutlar", "Ibn Sino qissasi", "Aljabrning tug‘ilishi", "Singan setor", Alisher Navoiy haqida hikoya qiluvchi “Astrobod”, "Alisher Navoiy va Darvishali", “Badarg‘a”, "Navoiyning xislatlari", "Ulug‘bek va Navoiy" kabi hikoya va qissalar ham yozgan. Asarlari tarixchi olim va adiblarimiz uchun asosiy manba vazifasini o‘tagan. Mirkarim Osim rus yozuvchisi M. Sholoxovning "Tinch oqar Don", S. Borodinning "Eldirim Boyaazid" nomli romanlarini, L. Batning "Hayot bo‘stoni" qissasini va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Adib "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" unvoni va "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni (2002 y.) bilan taqdirlangan.

Yozuvchi kitoblari