-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Jayhun ustida bulutlar
Iste'dodli yozuvchi Mirkarim Osim qalamiga mansub bo'lgan asar " Jayhun ustida bulutlar" asaridir. Ushbu asar tarixiy qissa janrida yozilgan va u Beruniy haqidadir.
-
Lison ut-Tayr
Alisher Navoiyning mashxur dostonlaridan yana biri "Lison ut-tayr" dostoni bo'lib, oʻzbek mumtoz adabiyoti va oʻzbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan hissoblanadi. Doston 1498—99 yilda fors shoiri Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asari taʼsirida yozilgan. Asarning syujeti va bosh gʻoya xususida Attorga izdoshlik qilgan. Asar falsafiy doston va Navoiy unda majoziy obrazlar, qahramonlarning sarguzashtlari orqali tasavvuriy gʻoyalarini ifodalagan. Navoiy asarda Xudo tashqarida emas, sening oʻzingda, degan fikrni olga suradi. Shu yoʻsinda insonni ulugʻlaydi, uning kamolotga erishish yoʻlini yuksak sheʼriy mahorat bilan bayon etadi.Asarning barcha gʻoyasi odamning tarbiyasini koʻrsatishga qaratilgan.
-
Nur borki, soya bor
Iste'dodli adib O'tkir Hoshimov qalamiga mansub bo'lgan "Nur borki soya bor " asari 1976 yilda yozilgan va ushbu asar O'tkir Hoshimovning ilk romani bo‘lib, kitobxonni chuqur mushohadaga chorlaydi va mazkur asarda yuqori mansabdagi va oddiy inson sifatida el orasida qadr topib yashayotgan bir-biriga qarama-qarshi, lekin qaysidir ma'noda tutashgan taqdirlarni o‘zida to‘liq mujassamlashtirgan. Bularning zamirida kishilar hayotining adib ko‘zi bilan ko‘rilgan aniq va ravshan tafsilotlari huddi bugungidek yorqin ifoda etiladi. Inson taqdiri, uning hayot va mamot o‘rtasidagi oniy lahzalik davr mobaynida boshidan kechirganlari, tiriklik atalmish daryo o‘zanida hamma qatori birdek oqish kerakmi yoki aksincha oqimga qarshi suzmoq darkormi, mana shunday savollar o‘z javobini topgan ko‘ngilga yaqin asar bu.
-
Ot kishnagan oqshom
Iste'dodli adib Tog'ay Murod qalamiga mansub bo'lgan «Ot kishnagan oqshom» qissasida kitobxonlar hozirda topilmaydigan, hech ham uchramaydigan tanti, erka cho’pon Ziyodulla kallarni uchratamiz. Asarni o’qiyotgan har bir kitobxon yuzida yengil tabassum o’ynashi aniq. Albatta, asar yozilgan davr, tuzumni ham hisobga olish, asarda shunday ko’rsatib berilgan qishloq aholisining, o’sha davrning achqimsil tasvirini ham e’tibor-nazardan chetda qoldirmaslik kerak(endi bular ilmiy xulosalar hisoblanadi). Maroq bilan o’qidim, asar tili yoqdi, qahramonlardagi samimiylik-soddalik ham.
-
Yulduzlar mangu yonadi
Tog'ay Murodning nomini mashhur qilgan asari bu "Yulduzlar mangu yonadi" asari hisoblanadi va bu qissa 1976 - yilda yozilgan bo'lib, unda kurash , kurashchi polvonlar haqida , va ularning o'rtasidagi munosabatlar xalqning urf-odatlari aks ettirilgan. Asarda shevalardan, ibora va xalq maqollaridan mohirona foydalanilganilgan.
-
Qorako‘z majnun
Sarlavhasi va Hadisi sharifdan keltirilgan epigrafidayoq asar " bosh qahramoni" it (Qorako‘z) ekanini bilishimiz mumkin. "Majnun" nomining berilishiga sabab esa uning "marjabozlikka" borishi bilan tasvirlanadi. Shu o‘rinda adibning o‘zga dindagi qizga uylanib, ham oilasidan, ham e'tiqodidan kechgan Bo‘rixon va "marjabozlikka" borsa-da, Saodat ayaga sodiq Qorako‘zning bir-biriga naqadar mahorat bilan zidlaganining guvohi bo‘lamiz.
-
Yolg‘iz
“Yolg‘iz” deb nomlangan bu kitob asrlar o‘tsa hamki, takrorlanmaydigan noyob isteʼdod, yoniq yurak va o‘limdan ham qaytmas shijoat egasi – Abdulla Qodiriy haqida!
-
Sohil yoqalab chopayotgan olapar
„Sohil yoqalab chopayotgan olapar“qissasi bosh qahramon Kiriskning birin-ketin yaqinlaridan ajralib qolishi, bobosi, amakisi, otasi aynan tabiiy ofat yo kasallik yoki olishuv natijasida emas chorasizlikdan, soʻngsiz azob-uqubatga mubtalo boʻlmaslik, oʻn gulidan bir guli ochilmagan, hali hayot atalmish buyuk neʼmatni yaxshi anglamagan Kirisk uchun oʻzlarini qurbon qilganliklari haqida.