Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Tog'ay Murod

Tug'ilgan sanasi: 3 - fevral, 1948 Vafot etgan sanasi: 27 - may, 2003 Davlati: O'zbekiston

Asl ism sharifi Mengnorov Tog'aymurod 1948-yilda Surxandaryo viloyatida dunyoga kelgan. Toshkent davlat universiteti, ya'ni hozirgi OʻzMUning jurnalistika fakultetida va Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil oldi. Respublikaning radiosida 1972–1975-yillarda, “Oʻzbekiston fizkulturachisi” gazetasi 1976–1978-yillarda va so'ngra “Fan va turmush” jurnalida 1982–1984-yillarda ishlagan. Adibning ilk qissasi ''Yulduzlar mangu yonadi'' qissasi bo'lib, "Sharq yulduzi'' jurnalida chop etilib, kitobxonlar e'tiboriga tushdi. Adibni  J. Londonning “Boyning qizi” dramasi va bir nechta hikoyalarini, Ye. Seton-Tompsonning mashhur “Yovvoyi yoʻrgʻa” asarlari tarjimon sifatida ko'rishimiz mumkin. Adib "O'zbekirton xalq yozuvchisi" unvoniga sazovor bo'lgan. Adib 2003-yil olamdan o'tgan.

Yozuvchi kitoblari