-
Sen mening qalbimdasan
"Sen mening qalbimdasan" asari turk yozuvchisi bo'lgan yosh ijodkor Mehmet Erjan qalamiga mansub. Asar juda chiroyli so'zlar bilan boyitilgan, o'ziga xos uslubga ega , boshqa asarlardan yaqqol ajralib turadi. Asardan iqtiboslar:
Endi sevgim borligini bilsam, sensiz hech qachon yashay olmayman. Siz doim yuragimda bo'lasiz.
Men sizni hech qachon qo'yib yubormayman; Men seni hech qachon xafa qilmayman, chunki sen mening qalbimdasan.
-
Zamonga yengilma
Bugungi o‘zbek kitobxonlariga "Baʼzilar olisdan sevarlar", "Ishqning yashirin qiyofasi" asarlari bilan tanilishga va ularni qalblaridan joy olishga ulgurgan taniqli turk yozuvchisi Halis Karabenli bo'lib, ushbu "Zamonga yengilma" kitobi ham yozuvchining qalami ila bitilgan. Asarda inson qalbining turli yevrilishlari yorqin bo‘yoqlar va nozik did bilan tasvirlangan. Halis Karabenlining qahramonlari, garchi turli feʼl-atvorli kishilar bo‘lsa-da, erkka intiladilar, o‘z burch va majburiyatlarini har xil sharoitlarda sinab ko‘radilar, hayot mashaqqatlarida toblanadilar. Yozuvchi mazkur asarida inson eng og‘ir sharoitlarda ham ojiz emasligini isbotlaydi. Barchasi insonning ruhiyati, maʼnaviy dunyosi hamda irodasiga bog‘liq ekanini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Turk tilidan Nodirabegim Jamshid qizi tarjima qilgan
-
Ishqning yashirin qiyofasi
Halis Karabenlining yana bir elga mashxur bo'lgan asari "Ishqning yashirin qiyofasi" asaridir va biz yuz o‘girgan, unutishga harakat qiladigan, hatto o‘zimizga ham eʼtirof ettira olmagan tuyg‘u hissoblangan ishqning yashirin qiyofasi haqida hikoya qilinadi. Barham topgan sevgining ortidan keladigan riyokor, munofiq, ikkiyuzlamachi hayot haqida qiladi ...
"Orzular ila cheklangan dunyoda yashang", deya yolg‘on so‘zlayotgan, hammamizning, ayniqsa ayollarning istagan odamini seva olishlari mumkinligi, lekin u bilan birga bo‘la olmasligini anglatayotgan zamonaviy dunyoning ertagi ...
Oxir-oqibat, o‘zingni anglamasang, boshqalarni anglolmaysan va taqillatgan har bir eshigingda yangi jarohatlar olasan ...
-
Gunohning rangi
Ahmad Gunbay Yildizning yana bir tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan asari bu— "Gunohning rangi" asari bo'lib, asar juda qiziqarli va mazmunli. Asarning yakuni siz kutgandek boʻlmaydigan asarlar sirasiga kiradi. Asarda bir qancha shaxslarning hayoti keltirilgan va ular oʻzaro bogʻlangan. Asarning boshida obrazlarning taqdiri mavhumligicha qoladi va kitobxonni yanada qiziqtira oladi, lekin yakuni goʻzal yakun boʻladi. Shuni bilishimiz kerakki, gunohning rangi umrbod qoladi, uni vaqtning suvi bilan yuvsangiz ham baribir dogʻi qoladi. Biz esa sabr qilishimiz, tavba qilishimiz darkor.. 5soniyada jahl ustida qabul qilingan qaror, bir odamning oʻlimiga, yosh chaqaloqning bolalik shukuhisiz oʻtgan bolaligiga, qalbi ishqqa toʻlgan qizning musibatli kunlari-yu , qari cholning qamoqqa ravona boʻlishiga olib keladi.. Asarni sevib o'qishimiz uchun o'zbek tiliga Dilfuza Turdiyeva tarjima qilgan.
-
"Seni sevaman" dema, menga turmushga chiq
Mirach Chag'ri Oqtoshninga yana bir o'ziga xos hammaga sevimli bo'lib ulgurgan asarlaridan biri bu— "Seni sevaman" dema menga turmushga chiq" asari bo'lib, asarning sarlavhasidanoq ko'rinib turganidek asar nozik did va tuyg'ular asosida yozilgan. Umid qilamizki, har biringiz uchun manzir bo'ladigan asarlardan biridir. Asarni turk tilidan o'zbek tiliga Zarina Tojiyeva mahorat bilan tarjima qilgan.
-
Kakku uyasi uzra parvoz
«Kakku uyasi uzra parvoz» romani muallifi amerikalik yozuvchi Ken Kizi bo'lib, asar ilk bora 1962 yilda nashr etilgan. Va , asar nashr etilishi bilan jamoatchilikni xuddi atom bombasi portlashidek keskin larzaga sola oldi va o'ziga jalb qila oldi. Rus tilidan ushbu asarni o'zbek tiliga Hasan Teshaboyev tarjima qilgan. Kitobxon asarni o‘qish mobaynida, «kakku uyasi» deganda, ruhiy kasalliklar shifoxonasini, yanyam aniqroq va tushunarliroq aytadigan bo'lsak, jinnixonani, “kakku” deganda esa Katta hamshirani tushunadi. Ammo Retched xonim polaponlarini uchirma qilib, erkinlikka qo‘yib yuborish orqali «muammodan xalos bo‘lish» niyatida emas.
-
Bizga sajda yarashadi
"Bizga sajda yarashadi" asari muallifi Ahmad Gunbay Yildiz bo'lib, uning jida ko'p mashxur asarlari mavjud. Ushbu asar shular jumlasidandir. Asarni o'qir ekansiz kitob bir nechta hikoyalardan tashkil topgan. Kitobda nasroniy qizi Maryamning islom dinini qabul qilishi haqida, "Iblis o'z burchidan tondimi?", O'lim hayotning boshlanishi, kabi hikoyalar mavjud. Asarni albatta o'qib chiqishni tavsiya qilamiz. Turk tilidan ushbu asarni maxorat bilan o'zbek tiliga Ozoda Ahmedova, Shohsanam Ochilovalar tarjima qilishgan.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Azizim, Po'rtaxol
Joze Vaskonselosning qalamiga mansub bo'lgan " Azizim, Po'rtaxol" asari bo'lib, asar avtobiografik tarzda yozilgan va kitobxonlar mehrini tezda qozongan. Ushbu "Azizim, Po'rtaxol" romani Braziliyada va ispan tilida so‘zlashuvchi juda ko‘p davlatlarda o‘rganish uchun maktab dasturiga kiritilgan. Roman qashshoq oilada yashaydigan besh yashar Zeze nomidan so'zlab hikoya qilib beriladi. Bu kitob birinchi navbatda bolalarga atalgan va o'z navbatida kattalarning muammolariga taalluqli hamdir. Yanayam aniqroq aytganda, kattalarning muammolari bolalarga salbiy munosabat ko‘rsatishga taʼsir etmasligi uchun nima qilish kerakligi haqida. Mazkur asar kattalarga bolani qay tarzda baxtiyor etish mumkinligini o‘rgatadi.