Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Ishqning yashirin qiyofasi

Halis Karabenlining yana bir elga mashxur bo'lgan asari "Ishqning yashirin qiyofasi" asaridir va biz yuz o‘girgan, unutishga harakat qiladigan, hatto o‘zimizga ham eʼtirof ettira olmagan tuyg‘u hissoblangan ishqning yashirin qiyofasi haqida hikoya qilinadi. Barham topgan sevgining ortidan keladigan riyokor, munofiq, ikkiyuzlamachi hayot haqida qiladi ..."Orzular ila cheklangan dunyoda yashang", deya yolg‘on so‘zlayotgan, hammamizning, ayniqsa ayollarning istagan odamini seva olishlari mumkinligi, lekin u bilan birga bo‘la olmasligini anglatayotgan zamonaviy dunyoning ertagi ...Oxir-oqibat, o‘zingni anglamasang, boshqalarni anglolmaysan va taqillatgan har bir eshigingda yangi jarohatlar olasan ...

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
"Yurakni sindirish ... Siz bunga ishonasizmi? Sizningcha, yurakni sindirish iborasi juda ham g‘alati emasmi? Yurak sinishi mumkinmi?... Axir, bir parcha go‘sht bo‘lsa ... Menimcha, yurakni sindirib bo‘lmaydi, do‘stlar! U o‘z joyiga ham sig‘maydigan darajada kengayib ketadi. Ko‘krak qafasi degan joy endi unga torlik qila boshlaydi. Yurakning ichida juda ko‘p xonalari bor ... Yurak tanaga sig‘may, og‘izdan chiqib ketar darajaga yetadi ... Keyin esa tilidagi sevgi so‘zlari ila mazax qila boshlaydi. Oqibatda, kimdir uni tanadan oxirigacha tortib olib, oyoqlari ostiga tashlaydi.
Kitob nomi: Ishqning yashirin qiyofasi
Kitobning asl nomi: Aşkın Gizli Yüzü
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Turk
Formati: A5
ISBN: 978-9943-8427-3-1
Nashr yili: 2022
Nashriyotchi: Ilm-Ziyo-Zakovat
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar