-
Sen mening qalbimdasan
"Sen mening qalbimdasan" asari turk yozuvchisi bo'lgan yosh ijodkor Mehmet Erjan qalamiga mansub. Asar juda chiroyli so'zlar bilan boyitilgan, o'ziga xos uslubga ega , boshqa asarlardan yaqqol ajralib turadi. Asardan iqtiboslar:
Endi sevgim borligini bilsam, sensiz hech qachon yashay olmayman. Siz doim yuragimda bo'lasiz.
Men sizni hech qachon qo'yib yubormayman; Men seni hech qachon xafa qilmayman, chunki sen mening qalbimdasan.
-
Patrisiya
Omina Shenliko'g'li ushbu asarida o'z o'rnida sharq millatlariga xos va mos bo'lgan ibratli jamiyat g'arbda ham borligini yorqin ko'rsatib bergan. Buni "Patrisiya"asarida Josephlar oilasi misolida yaqqol uchratishimiz mumkin. Asar bosh qahramoni Patrisiya bo'lib , kitob nomi ham bosh qahramon nomi bilan atalgan.
-
Ishqqa yengilmayman
Ushbu " Ishqqa yengilmayman" asari turk yozuvchisi Omina Shenliko'g'li qalamiga mansub. Ushbu kitob inson qiymatini belgilab beruvchi tanlov haqida va unda bosh qahramon Yunus ismli yigit bo'lib, xudosizlikdan to Allohni tanishgacha bo‘lgan yo‘lga safarga chiqadi. Yunus o'zining bu safari davomida juda ko‘p qadriyatlari, ishongan va tayangan haqiqatlarini qayta ko‘rib chiqadi, o‘zini tanish iztirobi va lazzatidan bahramand bo‘ladi.
-
Ehromlar qizi Laylo
Omina Shenliko'g'li qalamiga mansub bo'lgan yana bir asar "Ehromlar qizi Laylo"asari bo'lib, juda chiroyli tarzda kitobxon qalbiga joylashadi. Asar o'z nomida ko'rinib turganidek asarning qahramoni aynan Laylo ismli qiz bo'lib, asar aynan shu qiz haqida so'zlaydi, Laylo otasining qarshiliglari, to'sqinliklariga qaramasdan, u sevgan va ishongan Husnu ismli yigitga turmushga chiqadi va uydan qochib ketadi... Bir qarashda Laylo uchun juda chiroyli boshlangan hayot asar nixoyasida ayanchli yakun topadi. Husnuga Laylo butunlay ishonadi, ammo yigit u òylagandek bòlib chiqmaydi, hammasi... Vaqt o'tib Ular ajralishadi. Laylo esa bitta farzandi bilan yolg'iz qoladi. Uning o'g'il farzandi bo'ladi va u aynan òĝli uchun yashashda davom etadi... Singlisi Oisha esa òz sevganiga otasini qarshiligi sabab turmushga chiqolmaydi, ammo baribir erishadi, baxti uzoqqa bormaydi, turmusht òrtoĝi vafot etadi...
-
Voz kech va tinchlan
Iste'dodli turk yozuvchisi Adem Guneshning "Yosh bola demang ularni", "Chinakam ota onalik san'ati" shu kabi asarlari bilan ko'pchilik o'zbek kitobxonlarning e'tiborini qozonib ulgurgan , adibning ana shunday, mashxur asarlaridan yana biri mazkur "Voz kech va tinchlan" deb nomlangan kitobi aynan shunday to‘siqlarga uchragan hamda yechim ustida bosh qotirayotgan insonlar uchundir. Asar 6 haftalik amaliyot dasturini o‘z ichiga olgan, siz ularni birma bir bosib o‘tish orqali hayotingizni yaxshilaysiz, biz yuqorida taʼkidlagan yorug‘likka erishasiz.
-
Zamonga yengilma
Bugungi o‘zbek kitobxonlariga "Baʼzilar olisdan sevarlar", "Ishqning yashirin qiyofasi" asarlari bilan tanilishga va ularni qalblaridan joy olishga ulgurgan taniqli turk yozuvchisi Halis Karabenli bo'lib, ushbu "Zamonga yengilma" kitobi ham yozuvchining qalami ila bitilgan. Asarda inson qalbining turli yevrilishlari yorqin bo‘yoqlar va nozik did bilan tasvirlangan. Halis Karabenlining qahramonlari, garchi turli feʼl-atvorli kishilar bo‘lsa-da, erkka intiladilar, o‘z burch va majburiyatlarini har xil sharoitlarda sinab ko‘radilar, hayot mashaqqatlarida toblanadilar. Yozuvchi mazkur asarida inson eng og‘ir sharoitlarda ham ojiz emasligini isbotlaydi. Barchasi insonning ruhiyati, maʼnaviy dunyosi hamda irodasiga bog‘liq ekanini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Turk tilidan Nodirabegim Jamshid qizi tarjima qilgan
-
Ishqning yashirin qiyofasi
Halis Karabenlining yana bir elga mashxur bo'lgan asari "Ishqning yashirin qiyofasi" asaridir va biz yuz o‘girgan, unutishga harakat qiladigan, hatto o‘zimizga ham eʼtirof ettira olmagan tuyg‘u hissoblangan ishqning yashirin qiyofasi haqida hikoya qilinadi. Barham topgan sevgining ortidan keladigan riyokor, munofiq, ikkiyuzlamachi hayot haqida qiladi ...
"Orzular ila cheklangan dunyoda yashang", deya yolg‘on so‘zlayotgan, hammamizning, ayniqsa ayollarning istagan odamini seva olishlari mumkinligi, lekin u bilan birga bo‘la olmasligini anglatayotgan zamonaviy dunyoning ertagi ...
Oxir-oqibat, o‘zingni anglamasang, boshqalarni anglolmaysan va taqillatgan har bir eshigingda yangi jarohatlar olasan ...
-
Gunohning rangi
Ahmad Gunbay Yildizning yana bir tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan asari bu— "Gunohning rangi" asari bo'lib, asar juda qiziqarli va mazmunli. Asarning yakuni siz kutgandek boʻlmaydigan asarlar sirasiga kiradi. Asarda bir qancha shaxslarning hayoti keltirilgan va ular oʻzaro bogʻlangan. Asarning boshida obrazlarning taqdiri mavhumligicha qoladi va kitobxonni yanada qiziqtira oladi, lekin yakuni goʻzal yakun boʻladi. Shuni bilishimiz kerakki, gunohning rangi umrbod qoladi, uni vaqtning suvi bilan yuvsangiz ham baribir dogʻi qoladi. Biz esa sabr qilishimiz, tavba qilishimiz darkor.. 5soniyada jahl ustida qabul qilingan qaror, bir odamning oʻlimiga, yosh chaqaloqning bolalik shukuhisiz oʻtgan bolaligiga, qalbi ishqqa toʻlgan qizning musibatli kunlari-yu , qari cholning qamoqqa ravona boʻlishiga olib keladi.. Asarni sevib o'qishimiz uchun o'zbek tiliga Dilfuza Turdiyeva tarjima qilgan.
-
"Seni sevaman" dema, menga turmushga chiq
Mirach Chag'ri Oqtoshninga yana bir o'ziga xos hammaga sevimli bo'lib ulgurgan asarlaridan biri bu— "Seni sevaman" dema menga turmushga chiq" asari bo'lib, asarning sarlavhasidanoq ko'rinib turganidek asar nozik did va tuyg'ular asosida yozilgan. Umid qilamizki, har biringiz uchun manzir bo'ladigan asarlardan biridir. Asarni turk tilidan o'zbek tiliga Zarina Tojiyeva mahorat bilan tarjima qilgan.