Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

O'zingga xush kelding

Nafaqat Turkiya, balki butun dunyoda favqulodda juda tez mashhurlikka erishayotgan Mirach Chag‘ri Oqtoshning yana bir ajobtovur asarlaridan biri bo'lgan “O‘zingga xush kelding” asari bo'lib , u ham ilk bor o‘zbek tiliga o‘girildi. Kitobni ona tilimizga tekis, ravon va tushunarli tarjima qilgan va yosh-u qari kitobxonni xushnud qilishga o'zining beqiyos hissasini qo‘shgan tarjimonNodirabegim Jamshid qizidir.

3 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Senga o‘zingdan boshqa hech kim kerak emas. Eng yomon kuningni esla: "Men yoningdaman", deganlar ko‘p edi, lekin o‘sha og‘ir kunlarda yolg‘iz qolib ketmadingmi? Yiqilgan payting yana o‘zingga suyanib, o‘rningdan turmadingmi? To‘yib ketgan paytlaring yolg‘iz yig‘lamadingmi? Sendan so‘rayapman, nomunosib odamlar uchun o‘zingga nisbatan yetarlicha nohaqlik qilmadingmi? Odamlar keladi va ketadi. Qoladigani esa faqat sensan. O‘zingga o‘zing uchun g‘amxo‘rlik qil. O‘zingni o‘zing uchun ehtiyot qil. Hamma ketadi, sen qolasan. Yiqilsang, o‘zing oyoqqa turasan. Yaralansang, yarangni o‘zing davolaysan. Har doimgidek senga “Yoningdaman” deydiganlar bo‘ladi va yana shuncha dardni bir o‘zing yengib o‘tasan. Kimdir seni quchib taskin berishiga ehtiyoj sezasan va atrofga boqasan. Tevarak atrofingda bunday kimsaga ko‘zing tushmaydi, yana o‘zingni bag‘ringga bosasan.  O‘zingni ehtiyot qil. Senga hammadan ko‘p o‘zing keraksan.   Mirach Chag‘ri Oqtosh  
Kitob nomi: O'zingga xush kelding
Kitobning asl nomi: Kendine Hoş Geldin
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Turk
Formati: A5
ISBN: 978-9943-8267-2-4
Nashr yili: 2022
Nashriyotchi: Factor Press
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar