Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Islom iqtisodi. Global inqirozdan chiqish

''Islom iqtisodi. Global inqirozdan chiqish'' kitobi Turkiyaning mashhur ilohiyotchi olimi va doktori hissoblangan Ehson Shenojakning mazkur mavzudagi uzoq yillik izlanishlari mevasi boʼlib, kitobda "Islom iqtisodiyoti" mavzusi sodda holda, aniq dalillar asosida tushuntirib berilgan.

3 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
1 o'qigan
 
1 Taqriz
Bir necha oʼn yillikda moliyaviy va iqtisodiy nizom hamda uning meʼyorlarini zamonaviy tahliliy atamalar nuqtai nazaridan izohlash uchun jiddiy saʼy-harakatlar qilingan boʼlishiga qaramasdan ,  "Islom moliyasi" yoki "Islom iqtisodiyoti" tushunchalarini keng ommaga yetkazish mushkul ish boʼlib qolmoqda. Asar aynan shu mavzularga oid bo'lib yosh-u qari kitobxonga birdek tushunarlik qilib yoritilgan. Muhammadolim Muhammasiddiqov siyosiy fanlar doktori, Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori va Zokirjon Haydarov mustaqil tadqiqotchi: bu insonlar asar tarjimoni va nashrga tayyorlovchilari hissoblanishadi.
Kitob nomi: Islom iqtisodi. Global inqirozdan chiqish
Kitobning asl nomi: Küresel Krizden Çıkış İslam İktisadı
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Turk
Formati: A5
ISBN: 978-9943-7524-8-1
Nashr yili: 2022
Nashriyotchi: Iqro nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 12 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 7-may 2023 y. 16:52

    99

    "Imkonga qarab sarflamang, hojatga qarab sarflang" deydi ustozlarimiz. Islom iqtisodiyotining asos qismi shu qoida hisoblanadi.

    1. Kelasi 2-3 oy iqtisod haqida kitoblar o'qimoqchiman. Kasbimga kerak bo'lgani uchun. Bu ilmga taalluqli bo'lgan kitoblarni Islom iqtisodiyotidan boshlay deb yuqoridagi kitobni boshladim.

    2. Kitobga xulosa yozadigan bo'lsam, eng birinchi sudxo'rlik masalasi keng ko'lamda ko'rib chiqilgan. 2008-yilda bo'lgan moliyaviy inqirozni sabablari asosan kredit deb asoslab berilgan. O'quvchi oson tushunishi uchun misollar yordamida tushuntirib o'tilgan.

    3. Aholi daromadlaridagi tengsizlikning o'ta kattaligi va sarmoya juda ozchilikning qo'lida ekaniga asosiy sabab foizdir. Ya'ni sudxo'rlikdir. Birlashgan millatlar tashkiloti hisobotlariga ko'ra, dunyodagi boyliklarning 45 foizi dunyo aholisining 1 foiziga …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar