Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Ivan Sergeyevich Turgenev

Tug'ilgan sanasi: 28 - oktabr, 1818 Vafot etgan sanasi: 22 - avgust, 1883 Davlati: Rossiya

Ivan Sergeyevich Turgenev [1818.28.10 (9.11), Oryol — 1883.22.8 (3.9), Parij yaqinidagi Bujival qishlogʻi; Sankt-Peterburgdagi Volkovo qabristoniga dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Peterburg universitetining falsafa ftini tugatgan (1837). T.ning dastlabki romantik sheʼrlari va "Steno" dramatik dostoni (1834) talabalik yillarida yozilgan. T.Peterburgdagi oʻqishni tugatgach, Berlinga borib (1838), falsafa va klassik filol. boʻyicha maʼruzalar tinglagan. 1841-yil Moskvaga kaytib kelgan, N.V.Gogol, S.T.Aksakov singari yozuvchilar bilan tanishib, badiiy ijod bilan shugullana boshlagan. T.ning shu kezlarda yozgan "Parasha" dostoni (1843) yosh yozuvchining romantizmdan uzoqlashib, oddiy xalq hayotiga yaqinlashganidan darak beradi.

Yozuvchi kitoblari