Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Olim yetishtirgan onalar

Murat Tosunning "Olim yetishtirgan onalar" asarida, buyuklarning munis onalari haqida so'z boradi, bu yuksak maqomli onalarning barchasi ibo-hayo, iffat kabi fazilatlar bilan bezangani tasvirlanadi

5 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
1 o'qigan
 
1 Taqriz
Ulug‘larimiz hayotiga nazar soladigan bo‘lsak, ularning onalari hatto otalari vafot qilgandayam ham moddiy ta’minotni o‘z zimmalariga olishgan, ham farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishgan. Yillar davomida chekilgan zahmat natijasi o‘laroq, Imom Ahmad, Imom Buxoriy kabi buyuk insonlar yetishgan. Bu kitobda ana shunday ulug‘ zotlarning onalari farzand tarbiyasida qanday yo‘l tutganlari, qanchalar azob-uqubat tortganlari haqida hikoya qilinadi. Shunday ekan, har bir ona haqida o‘qib, alohida o‘git olamiz. 
Kitob nomi: Olim yetishtirgan onalar
Kitobning asl nomi: Alim Yetiştiren Anneler
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Turk
Formati: A5
ISBN: 978-9943-7254-6-1
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Factor Press
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 6 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 4-mart 2023 y. 17:47

    382

    Kitobning ilk satrlarida mashhur ixtirochi Tomas Edison to'g'risida qiziq bir hikoya o'qib qoldim. Bilasiz ushbu buyuk shaxs Amerikalik ixtirochi va u elektr lampochkasini yaratgan. Ammo u doim ham shunday aqlli bo'lmagan. Edison maktabda o'qib yurgan chog'larida o'qituvchisi uning onasiga xat berib yuboradi. Tomas xatda nima yozilgani so'raganda, oyisi unga "Sizning o'g'lingiz daho. Afsuski, u bizning maktabimizda o'qiy olmaydi, iltimos uni uyda o'zingiz o'qiting" deb yozishibdi deya aytib beradi. 

    Oradan yillar o'tgach, onasi vafotidan so'ng Tomas bir paytlar unga berib yuborilgan ushbu xatni uydagi eski-tuskilar orasidan topib oladi va yig'lab yuboradi. Unda quyidagi jumlalar yozilgan edi: "O'g'lingiz esi past bir bola. …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar