Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Ritorika. Notiqlik san'ati

"Ritorika. Notiqlik san'ati" asarini muallifi falsafa fanlari doktori Irina Anatolyevna Leshutina bo'lib, asarning ruscha nomi "Риторика. Искусство публичного выступления" dir. Asarda o'z nomidan ko'rinib turganidek so'zlashish madaniyati, notiqlik san'ati haqida keng miqyosda so'z boradi. Ushbu asar yosh-u qari kitobxonga tavsiya qilishga arzigulikdir. Soʼz – insonning eng kuchli quroli degan edi mashhur faylasuf Аristotel. Insondagi hech bir narsa soʼzchalik kuchli taʼsir kuchi ega emas. Soʼz boʼlganda ham har qanday soʼz emas, balki badiiy adabiy til meʼyorlariga amal qilgan soʼzlar uni mahorat bilan goʼzal tarzda yetkazib beruvchi notiq tilida dunyodagi eng dahshatli texnik quroldan ham katta kuchga ega boʼladi. 

1 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Insonlarning fikrlarini oʼzgartirish, ularning qalbiga osonlikcha yoʼl topish uchun notiq boʼlish kifoya. Ushbu kitob orqali notiqlik sanʼatining sir-u asrorlaridan boxabar boʼlasiz. Unda omma qarshisida nutq soʼzlashda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi, kiyinish madaniyatidan tortib oʼzini qanday tutishgacha boʼlgan bilimlar aks etgan. Kitob oʼz nutqini rivojlantirish istagida boʼlganlar, jurnalistika sohasi vakillari, qolaversa, jamiyatning barcha qatlami uchun umumiy va foydadan xoli emas. Qaysi soha vakili boʼlishingizdan qatʼi nazar hozir qoʼlingizda ushbu kitob bor boʼlsa, demak, siz muvaffaqiyat sari ilk qadam tashladingiz. Jamiyatda oʼrningizni mustahkamlash, yuksak marralarni egallash istagingiz boʼlsa, “Ritorika” kitobi doimiy hamrohingiz boʼlsin.
Kitob nomi: Ritorika. Notiqlik san'ati
Kitobning asl nomi: Риторика. Искусство публичного выступления
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Rus
Formati: A5
ISBN: 978-9943-7085-8-7
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Yosh kuch
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar