-
Yosh bola demang ularni...
Taniqli turk pedagogi va yozuvchisi hissoblangan Adam Gunesh o'zining bolalarga oid psixologik , tarbiyaviy asarlari bilan barcha kitobxonlar qalbidan joy ola olgandir. Guneshning "Jazosiz tarbiya", "Farzand tarbiyalash siri" , "Chinakam ota-onalik san'ati " kabi mashxur asarlari siz-u bizga juda tanish va ma'lum-u mashxur. Yana bir shunday asarlaridan biri "Yosh bola demang ularni"... Asari bo'lib bu ham bola tarbiylashda yosha ota-ona , ona bo'lish arafasida turganlar har bir kitobxon uchun yaxshigini qo'llanma bo'la oladi.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Baqirmaydigan onalar
Turk yozuvchisi hissoblangan Xadicha Kubro Tongar bizga o'zining ona va bola o'rtasidagi o'zaro tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'la oladigan asarlari bilan juda yaxshi tanish. Adibaning "Baqirmaydigan bolalar"asarini o'qimagan yokida nomi qulog'iga chalinmagan kitobxon bo'lmasa kerak. Ana shunday asarlardan yana biri "Baqirmaydigan onalar" turkcha nomi esa, "Bağırmayan Anneler" dir. Bu asar o'z nomi bilan bolalarni tarbiyalashda yosh onalarga va ona bo'lish bo'sag'asida turgan har bir ayolga juda yaxshi qo'llanma bo'la oladi desak mubolag'a bo'lmaydi.
-
Bolalik va o'smirlik ko'chalari
Erkin Malik qalamiga mansub bo'lgan ushbu "Bolalik va o'smirlik ko'chalari" qissasi barcha yoshdagi kitobxonlar uchun birdek manzur kela oladi . Ushbu asar o'quvchilarga qulay bo'lishi uchun ikki xil yozuvda nashr qilingan bo'lib yosh-u qari uchun muommo tug'dirmaydi . Asar Tohir Malik so'zlari bilan boshlangan va qisqa qisqa har xil hikoyachalardan tashkil topgan bularga misol qilib: U qanday bolalik edi? , Acha hola va radiokarnay va boshqalar.
-
Olim yetishtirgan onalar
Murat Tosunning "Olim yetishtirgan onalar" asarida, buyuklarning munis onalari haqida so'z boradi, bu yuksak maqomli onalarning barchasi ibo-hayo, iffat kabi fazilatlar bilan bezangani tasvirlanadi