Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Ityurak

Iste'dodli yozuvchi Mixail Bulgakov qalamiga mansub bo'lgan, "Ityurak" qissasi 1925-yil yanvar oyidan mart oyiga qadar yozilgan va 1926-yil Bulgakovga bo‘lgan tintuv davomida asar qo‘lyozmasi uni qo'lidan tortib olingan. 1960-yillarda asar samizdat (adabiy asarlarning norazmiy va senzurasiz ishlab chiqarish usullari) sifatida tarqalgan. 1967-yilga kelib esa Bulgakovning bevasi Y.S.Bulgakovaning harakati tufayli asarning nusxasi G‘arbga berib yuboriladi va  1968-yilda Frankfurtdagi “Grani” va Alek Flegonning Londondagi “Student” nomli rus jurnallarida chop etilgan. 1987-yildagina Rossiyadagi “Знамя” jurnali o‘z sahifalariga bosishga jur’at etdi. Qisqa qilib aytganda,  Bulgakovning “Ityurak” asari 62 yildan so‘nggina bosilib chiqdi.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Mixail Bulgakovning “Ityurak” ruscha nomi "Собачье сердце" asari kitobxonda boshqacha taassurot qoldirishi aniq. Bir tarafdan olib qaraganda, asarda o'z nomi bilan ko'rinib turgan  it obrazi orqali insonlarga tegishli bo‘lgan ayrim nopok xususiyatlar ochib berilgan. Sharik – daydi va faqat qornini to‘ydirishni o‘ylaydigan beozor it, insonga aylangach batamom o‘zgaradi: haqoratlashni, zaiflarga ozor berishni, odamlar ustidan ig‘vo qilishni o‘rganadi. Vaholanki, u it bo‘lganida bular hatto xayoliga ham kelmas edi. Bulgakov bu orqali asl zarar hayvonlardan emas, balki razil insonlardan kelishini ko‘rsatib beradi. Ikkinchi tomondan olib qaraganimizda esa, asarda Rossiyadagi 1920-yillardagi tuzumni ochib berishga xizmat qilgan. Shvonder obrazi buning yaqqol namunasidir. U o‘zini faol kommunist deb biladi va boshqalarga ham xuddi shu g‘oyani singdirmoqchi bo‘ladi. Professorga hasad qilgani uchun ham Sharikovni professorga qarshi gij-gijlaydi. Vaholanki, o‘zi tarbiya qilgan Sharikov asar so‘nggida itga aylanib qoladi. Bu bilan yozuvchi go‘yoki Sharikovdek insonlarning qismati shunday tugaydi, demoqchi bo‘ladi. Asardagi Filip Filipovich obrazini ham oqlash kerak emas. U baribir beozor itda bunday operatsiyani sinab ko‘rishini to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Biroq, u bu operatsiya orqali odamlarga yordam bermoqchi edi. Nazarimda, bu obrazdan har bir ishning oqibatini yaxshilab bilgan holda qilish kerak, degan xulosa chiqadi. Sharikov odam bo‘lishga qanchalik urinsa-da, baribir itligicha qoldi. Uning miyasi insonniki bo‘lgani bilan yuragi itniki bo‘lgani uchun odam bo‘la olmadi. Yaxshi va yomonni farqlay olmadi. Uning sodda it yuragi nopok fikrli kimsalarga osongina aldandi. 
Kitob nomi: Ityurak
Kitobning asl nomi: Собачье сердце
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Rus
Formati: A5
ISBN: 978-9943-20-700-4
Nashr yili: 2020
Nashriyotchi: Yangi asr avlodi
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar