-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Olim yetishtirgan onalar
Murat Tosunning "Olim yetishtirgan onalar" asarida, buyuklarning munis onalari haqida so'z boradi, bu yuksak maqomli onalarning barchasi ibo-hayo, iffat kabi fazilatlar bilan bezangani tasvirlanadi
-
Kichkina shahzoda
Antuan de Sent-Ekzyuperi – XX asr fransuz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, mohir uchuvchi, shoir va yozuvchi, yosh-u qarining sevimli asari «Kichkina shahzoda»ning muallifi. «Uchuvchi» (1926), «Janubga xat» (1929), «Tungi parvoz» (1931), «Bashar sayyorasi» (1939), «Harbiy uchuvchi» (1942), «Istehkom» (1948), «Yoshlik maktublari» (1953) kabi asarlar Antuan de Sent-Ekzyuperining qalamiga mansubdir.
Antuan de Sent-Ekzyuperining asarlari dunyoning 200 tiliga tarjima qilingan. Jumladan, uning «Kichkina shahzoda» asari Xayriddin Sultonov tomonidan va «Istehkom» qissasidan parcha Abdug‘opir Qosimov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Ushbu kitob Antuan de Sent-Ekzyuperining o‘zbek tilida chop etilayotgan yangi to‘plamidir.