Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

"Seni sevaman" dema, menga turmushga chiq

Mirach Chag'ri Oqtoshninga yana bir o'ziga xos hammaga sevimli bo'lib ulgurgan asarlaridan biri bu— "Seni sevaman" dema menga turmushga chiq" asari bo'lib, asarning sarlavhasidanoq ko'rinib turganidek asar nozik did va tuyg'ular asosida yozilgan. Umid qilamizki, har biringiz uchun manzir bo'ladigan asarlardan biridir. Asarni turk tilidan o'zbek tiliga Zarina Tojiyeva mahorat bilan tarjima qilgan.

1 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Sen hayotning quyoshli tomonida sayr qilar ekansan, yomg‘irli tomonida sodir bo‘layotgan baʼzi narsalardan bebahra qolishing mumkin. Hayot balki shundan iboratdir, ehtimol, butunlay boshqachadir. Buni bila olmaymiz; ammo ehtimollarni istisno qilmaslik lozim. Yomg‘ir va tuyg‘ulardan qochmaslik kerak. Safar davomida qarshingdan to‘siqlar chiqadi va balki ushbu to‘siqlardan tezlik bilan o‘tganingda silkinib ketarsan; ammo muhimi bu emas.Yakuni shunday bo‘lishini bilgan safaringda to‘siqlar seni qo‘rquvga solmasin. Silkinishlar seni yiqita olmaydi. Bu qalbing ko‘plab silkinishlarni yengib o‘tgan. Har bir insonni farqli va o‘zgacha tarzda shakllantirgan safari belgilab beradi. Ushbu safarda qayerga borishi emas, kim bilan borishi muhim. Yuragi kim bilan tez ursa, hislarini unga yo‘naltirishi darkor. Hayotning yomg‘irli tomoniga duch kelsang ham, aslida quyoshli tomonida hech narsa farqli emas. Har bir yomg‘irli oqshomning quyoshli tonggi bo‘lgani kabi, har bir quyoshli kunning ham yomg‘irli oqshomi bor. Shu bois, muhim bo‘lgan yagona narsa - yo‘ldagi hamrohingdir... Uni tanlayotganingda eʼtiborli bo‘l. Hayotning ikki tarafiga ham senla nazar sola oladigan jasorati va tuyg‘ulari bo‘lsin...Yo‘lga chiqqach, har safar oyoqqa tosh tekkanida, joni avvalo o‘zi uchun emas, yonidagi yo‘ldoshi uchun og‘rishi kerak. Shunday og‘risinki, yo‘llarning boshqa taraflari ham ochilsin. Hatto toshlar va to‘siqlardan iborat bo‘lsa xam. Endi esa tabassum qil. Qahva damlab, o‘rindiqqa suyanib ol. Deraza ortidagi yomg‘irning tomchilari bir-biriga g‘arq bo‘layotgan ondan eʼtiboran qanday shakllarga kirayotganini men bilan kuzat.
Kitob nomi: "Seni sevaman" dema, menga turmushga chiq
Kitobning asl nomi: Bana Seni Seviyorum Deme Evlen Benimle
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Turk
Formati: A5
ISBN: 978-9943-6748-8-2
Nashr yili: 2022
Nashriyotchi: Sharq-Ziyo-Zakovat
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar