-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Chingachkuk fojiasi yoxud Saskuixanna manbalarida
AQSHda yashab ijod etgan adib Jeyms Fenimor Kuper (1789-1951) qalamiga mansub "Chingachkuk fojiasi yoxud Saskuixanna manbalarida" asari hissoblanadi. Romanning inglizcha nomi "The Pioneers, or The sources of the Susquehanna"dir. Ispan tilidan rus tiliga Irina Gurova, Nina Dexterevalar "Pioneri, ili U istokov Saskuixanni" nomi ostida tarjima qilishgan va asarni rus tilidan mahorat bilan tarjima qilgan Erkin Mirobodov bo'lib, "Chingachkuk fojiasi yoxud Saskuixanna manbalarida" nomi ostida tarjima qilingan ko‘rinishidir.
-
Katta oʼyin. Ikki imperiya toʼqnashuvi
Bu asar mintaqada qariyb bir asr davom etgan siyosiy oʼyinlar, gilam osti diplomatiyasi, qonli janglar va katta hududni oʼz taʼsiri doirasiga tushirish uchun xalqaro bosim haqida qiziqarli tilda hikoya qiladi. Hikoya boʼlganda ham voqealarni oʼz koʼzlari bilan koʼrgan shohidlarning hikoyalari hissoblanadi.
-
Napoleonzoda
Fransuz adibi Sharl Loran qalamiga mansub “Napoleonzoda” romani oʼz ichiga XIX asrning boshlari – Napoleon Frantsiyasi davrini olgan “Napoleonning josusi” asarining mantiqiy davomidir. Аsarda bayon qilingan asosiy voqealar bosh qahramon – Rim qiroli gersog Reyxshtadtskiy atrofida aylanadi. Gersog Reyxshtadtskiy asli buyuk fransuz sarkardasi Napoleon Bonapartning oʼgʼli – Jozef Fransua Sharl Bonapart. Otasining ayanchli taqdiri oʼgʼilning hayotiga ham soya soldiki, onasidan ayro yashagan, oʼz bobosi qoʼlida tutqun boʼlgan Napoleonzoda 21 yoshida sil kasalligidan vafot etadi...
Kitobxon romanni mutolaa qilar ekan, XIX asr boshlaridagi ikki qirollik oliy nasab kishilar, tugʼishganlar oʼrtasidagi adovat, shaxsiy gʼarazlar buyuk insonlar hayotining qanchalar ayanchli boʼlganiga guvoh boʼladi.
-
Urush va Tinchlik
Roman-epopeya janrining eng shoh asarlaridan bo‘lmish mazkur mashhur «Urush va tinchlik» romani ko‘lami jihatidan dunyo adabiyoti ixlosmandlari tomonidan yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘lgan. Bugun ushbu asarni juda sog‘ingan va uning yangi nashrini intiqlik bilan kutayotganlar ko‘p. Bunda, albatta, Tolstoy dahosi haqida gapirish o‘rinli bo‘ladi.