-
O‘g‘irlangan million dollar
" O'g'irlangan million dollor" kitobiga detektiv janri qirolichasi nomi bilan mashxur bo'lgan taniqli yozuvchi Agata Kristining eng qiziqarli hikoyalari jamlangan. Ushbu hikoyalar bir-biridan qiziqarli, sirliligi bilan kitobxon e'tiborini tortadi. Yozuvchining asarlari kitobxonni voqealarning sirli jumboqqa boyligi bilan o‘ziga tezda jalb qiladi. Uning izquvar qahramonlari fikri tiniqligi, jinoyatlarni fosh qilishda yaqindan ishtirok etishi bilan ajralib turadi.
-
Izquvar Puaro
Mashhur ingliz yozuvchisi, «detektiv qirolichasi» Agata Kristining asarlari dunyoning yuzdan ortiq tillariga tarjima qilingan, ko‘plari sahnalashtirilgan. «Qora qarg‘alar siri», «O‘nta negr bolasi» fil'mlari shular jumlasidandir.Ushbu to‘plamga adibaning qiziqarli hikoyalari tanlab olingan. Bu hikoyalar sirli voqealarga boyligi bilan ajralib turadi. Hikoyalardagi izquvar qahramonlarning fikri tiniqligi, jinoyatlarni fosh qilishda yaqindan ishtirok etishi kitobxon diqqatini tortadi. Ayniqsa, qo‘ng‘iz mo‘ylov Puaro yoki miss Marplning voqealar va jinoyatlarni ochishi, masala yechimidagi yorqin, aniq xulosalari hayratlantiradi.
-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
O‘nta negr bolasi
Detektiv asarlar qirolichasi hissoblangan, ingliz yozuvchisi Agata Kristining “O’nta negr bolasi” detektiv roman bo'lib, birinchi marta to’liq kitob ko'rinishida 1939-yil 6-noyabr Londondagi “Colins Crime Club” nashriyotida “O’n kichkina negrlar(Ten little niggers)”nomida nashr etildi.
-
Jinoyat va jazo
Asar 1866 yilda yozilgan. Ammo inson kechinmalarining eski va yangisi bo‘lmaganidek, roman qadri ham eskirmagan. Kitob o‘zbek tilida bundan avval 1977 yilda chop etilgan. Qariyb 40 yildan keyin asarni qayta nashr etishdan maqsadimiz, bugungi kitobxonlarimizni o‘z davrida shuhrat qozongan asar – talaba hayotidan ayanchli drama bilan tanishtirish.
-
Graf Monte Kristo
Bu kitob - ko‘plar kutgan durdona. U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro‘yxatiga kiradi. Garchand «Graf Monte Kristo» yaratilganiga bir necha asrlar o‘tgan bo‘lsada, undagi ulug‘vor g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Asardagi qahramonlar, ularning hayoti, kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o‘quvchini kitobga ipsiz bog‘lab qo‘yadi. Ayniqsa, bosh qahramon Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari, ana shu yillar samarasi o‘laroq, o‘zgacha inson bo‘lib yetishishi, bir vaqtlardagi jabr-sitam uchun intiqom kurashiga kirishishi bugungi kun o‘quvchisi uchun ham birdek maroqli.
-
Sitsiliyalik
Ushbu kitobni amerikalik taniqli yozuvchi Mario Pyuzo qalamiga mansub mashhur «Cho‘qintirgan ota» asarining davomidir. Unda don Korleonening kichik o‘g‘li Maykl taqdiri to‘g‘risida hikoya qilinadi. Shuningdek, jasur qahramon, mard o‘g‘lon Salvatore Gilyanoning hayoti, metin irodasi, ko‘plab sarguzashtlari va fojiaviy qismati bayon etiladi.
-
Cho'qintirgan ota yoxud mafiya sardori
«Cho‘qintirgan ota yohud mafiya sardori» Mario Pyuzoni mashhur qilgan va adabiyot sahnasida uning nomini ko‘klarga ko‘tarishga sabab bo‘lgan asar, shubhasiz «Cho‘qintirgan ota yohud mafiya sardori» asaridir. Bu asar million yillardan beri odamlar o‘rtasida davom etib kelayotgan illatlar, bir-birini ko‘rolmaslik, cheksiz boylikka bo‘lgan hirs, adovat kabilarni ro‘y-rost ifodalab bergani, shuningdek, amerikalik va sisiliyalik mafiyachilarning kirdikorlarini to‘la-to‘kis ochib bergani bilan dunyo miqyosida ommalashib ketdi.Rus tilidan Tursunboy Adashboyev va Muhammadjon O‘rinboyev tarjimasi