Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Cho'qintirgan ota yoxud mafiya sardori

«Cho‘qintirgan ota yohud mafiya sardori» ‎ Mario Pyuzoni mashhur qilgan va adabiyot sahnasida uning nomini ko‘klarga ko‘tarishga sabab ‎bo‘lgan asar, shubhasiz «Cho‘qintirgan ota yohud mafiya sardori» asaridir. Bu asar million ‎yillardan beri odamlar o‘rtasida davom etib kelayotgan illatlar, bir-birini ko‘rolmaslik, ‎cheksiz boylikka bo‘lgan hirs, adovat kabilarni ro‘y-rost ifodalab bergani, shuningdek, ‎amerikalik va sisiliyalik mafiyachilarning kirdikorlarini to‘la-to‘kis ochib bergani bilan dunyo ‎miqyosida ommalashib ketdi.‎Rus tilidan Tursunboy Adashboyev va Muhammadjon O‘rinboyev tarjimasi

10 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
11 o'qigan
 
1 Taqriz
Asar badiy to‘qimalarga boy bo‘lsa-da, kitobxonni ortidan ergashtiradi. Demak, biz hurmatli ‎kitobxonlarimizni ular intiqlik bilan kutgan asar mutolaasiga qayta chorlaymiz.‎
Kitob nomi: Cho'qintirgan ota yoxud mafiya sardori
Kitobning asl nomi: The godfather
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingilizcha
Formati: Qattiq/544
ISBN: 978-9943-27-659-8
Nashr yili: 2019
Nashriyotchi: Yangi asr avlodi
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 18 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 31-oktabr 2021 y. 15:01

    281

    Ko'cha-ko'yda, tik-tokda turli yoshlar o'zlaridan mafiya yoki ko'cha bolasi yasashga urinishlarini kuzatsangiz kerak. Ammo bular afsonaviy Godfather oldida oddiy bolalar o'yini xolos. Haqiqiy mafiya romantikasidan bahramand bo'lmoqchi bo'lganlar birinchi navbatda ushbu shedevr kitobni o'qib chiqishlari shart deb bilaman.

    Bu kitob men Toshkent shahridagi xarid qilgan ilk kitobimdir. Sharq do'konidan (https://t.me/Panda_books/1729) olganim hozirgidek esimda. O'qishni boshlagach, kitobdan bir soniya bo'lsin, ajrala olmay qolgandim. O'zimcha Korleonening gaplari va harakatlarini qaytarishga urinardim. 

    Asarning asosiy voqealari 1945-yillardan Donning uyidagi nikoh to'yi marosimidan boshlanadi. Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi italyan mafiyasi - Don Korleonelar oilasi haqida hikoya qilinuvchi ushbu saga asosiy qahramonlaridan biri jinoyat olamida Godfather (Cho'qintirgan …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Janr bo'yicha boshqa kitoblar