Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Mo'yna mantoli Madonna

«Moʼyna mantoli Madonna» turk romanida Birinchi jahon urishidan keyin - Ikkinchi jahon urushidan oldingi davrlarda yashagan qahramonlarning ehtirosli, achchiq muhabbati tasvirlanadi. 

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
1 o'qigan
 
1 Taqriz
Аsarda aks etgan muhitda rus adiblari Dostoevskiy va Gogol ijodining taʼsiri bor. Turk yozuvchisi Sabohiddin Аli 1928-1930-yillarda Germaniyada o'qigan. Asarning ilk sahifalaridayoq yangi ishga kirgan maʼmur shirkatdagi Rauf afandini tanishtirganida zakiy oʼquvchi yozuvchining oʼzini ham ayni shunday insonlardan biri ekanini tushunib oladi. Asarning asosini bosh qahramon - Rauf afandining qora muqovali daftarga bitgan xotiralari tashkil etadi. Rauf afandi Germaniyada yashagan vaqtlarida tasviriy sanʼat galereyasiga borib, koʼrgazmaga qoʼyilgan «Moʼyna mantoli Madonna» avtoportretini uchratadi. Suratni chizgan musavvira bilan tanishuv esa Rauf afandining hayotida ulkan burilish yasaydi. Har bir insonning faqat oʼzi va Yaratgangagina ayon boʼlgan muhabbat dardi boʼladi. Bu muhabbatning iskanjasidan bir umr qutula olmaydiganlar ham bor. Bu muhabbatning turgan-bitgani iztirob boʼlsada, hissiyotlar ortidan yuguraveramiz, uning totli azoblaridan esa hech qachon shikoyat qilmaymiz.
Kitob nomi: Mo'yna mantoli Madonna
Kitobning asl nomi: Kürk Mantolu Madonna
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Turkcha
Formati: Yumshoq / 218
ISBN: 9789943277595
Nashr yili: 2022
Nashriyotchi: Nasim Kutub
Seriya: 0
Yosh chegarasi: None dan None gacha

Taqrizlar

  • 4-mart 2023 y. 17:37

    133

    Hech shunday bir taom yeganmisiz, u shundayinki, endi taomlana boshlagan paytingizda ta'mi unchalik sezilmaydi, go'shtini uzoq vaqt chaynaysiz, sho'rvasi ham el qatori oddiy. Keyin esa astalik bilan uning shirasi chiqa boshlaydi, har bir xo'plam, har bir luqmangizda taomga solingan hushbo'y ziravorlar, sarxil mahsulotlarning xushta'mligini oshib boradi va... so'nggi luqmangizga yetib kelarkansiz, tillaringiz ushbu ovqatning haqiqiy mazasini his qiladi, lazzat degan tuyg'u vujudingizni qamrab oladi. Oxirida bo'shab qolgan idish ustida sekin labingizni artib, duo o'qib dasturxondan nari ketarkansiz, beixtiyor oshpazga minnatdorchilik bildirib qo'yasiz. Qisqacha, men ushbuni o'qib shunga o'xshash ahvolga tushdim.

    Bu Sabohiddin Ali ijodiga ilk sayohatim bo'ldi. Tan olish lozimki, …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar