Odil Yoqubov
Tug'ilgan sanasi: 20 - oktabr, 1926 Vafot etgan sanasi: 21 - dekabr, 2009 Davlati: O'zbekiston
Odil Yoqubov 1926-yili 20-oktabrda, Qozogʻistonning Turkiston tumanidagi Qarnoq qishlogʻida ziyoli oilada tugʻilgan. 1944 yilda oʻrta maktabni tugatgan va yoshini kotta ko'rsatib, 1945–1950 yillarda harbiy xizmatda boʻlib, sovet-yapon urushida ishtirok etdi. Odil Yoqubovning birinchi yirik asari ‒ “Tengdoshlar” qissasi 1951 yilda bosilib chiqdi. 1956 yilda adibning “Ikki muhabbat” nomli ktiobi nashr etildi. Keyin birin-ketin “Muqaddas” (1960), “Bir felyeton qissasi” (1961), “Qanot juft boʻladi” (1969), “Billur qandillar” (1975) kabi qissalari chop qilindi. Odil Yoqubovning “Er boshiga ish tushsa” (1969) romani Ikkinchi jahon urushi yillaridagi voqelikni aks ettiradi. Odil Yoqubovning “Qanot juft boʻladi” qissasida shifokorlar, meʼmorlar, ishchilar hayoti tasviri bilan birga ijtimoiy va axloqiy muammolar ham oʻrtaga tashlangan.