Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Ulug'bek xazinasi

Ushbu asar, ya'ni " Ulug'bek xazinasi"asari iste'dodli, o'zbek yozuvchisi Odil Yoqubov qalamiga mansub bo'lib roman janrida yozilgan. Asar mazmuni haqida qisqacha aytadigan bo'lsak, unda temuriy hukmdor , olim hissoblanmish  Mirzo Ulug'bekning shaxsiy hayoti va fojiaviy qismati juda chiroyli va tushunarli tarzda  yoritilgan. Asar Odil Yoqubovning eng sara asarlaridan biri hissoblanib, hamda oʻzbek adabiyotidagi eng muhim romanlarning biri hisoblanadi.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
1 Taqriz
"Ukug'bek xazinasi"romani birinchi marotabada 1973-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyot uyida  chop etilgan. Oʻn martadan oshiq, bularga misol , 1980-1986- Yoqubovning uch jildi tanlangan asarlar toʻplamida va 1994-yillarda qayta nashr qilingan. Romanning yutuqlaridan biri shuki, asar bir necha tilga tarjima qilinishga ham ulgurgan. 1976-yil romanning Yu. Surovsev muallif bilan hamkorlikda oʻgirgan ruscha tarjimasi Moskva shahrida „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida chop etilgan.Xuddi shu tarjima 1979-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyot uyida  qayta chop etilgan.
Kitob nomi: Ulug'bek xazinasi
Kitobning asl nomi: Ulug'bek xazinasi
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-5524-2-5
Nashr yili: 2019
Nashriyotchi: Ilm-Ziyo-Zakovat
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 7-may 2023 y. 17:08

    297

    Bu asarni o'qiyotganda o'sha zamonga tushib qolgandek his qildim o'zimni. Pirimqul Qodirov "Yulduzli tunlar" va "Humoyun va Akbar" bilan Zahiddin Muhammad Bobur ajdodimizni yoritib bergan bo'lsalar, Oybek domla "Navoiy" asarlari orqali Hazrati Mir Alisher Navoiy hayotlarini biz yosh avlodga yozib ketdilar. Ulug'bek bobomizni qisman bo'lsada hayotlarini Odil Yoqubov yoritib, yozib ketdilar. Yozuvchilarimizni rahmatiga olgan bo'lsin.

    Yuqoridagi ismi zikr qilingan bobolarimiz hammalari ilmga haris bo'lganlari va ilm ahllarini doim hurmatlarini joyiga qo'yganlarini ko'rishimiz mumkin. Biz mana shu ajdodlarimizdan ibrat olishimiz kerak.

    "Ulug'bek xazinasi" asarida ham Ulug'bekning shogirti Ali Qushchining ustoziga hurmati va sodiqligini ko'rish mumkin. Mansab oshib borgan sari oldida hiyonatchilarni …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar