-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Makorim ul-axloq
Gʼiyosiddin Xondamirning «Makorim ul-axloq» («Olijanob xulqlar») asari buyuk oʼzbek shoiri va mutafakkiri, davlat va jamoat arbobi Аlisher Navoiyning hayoti hamda adabiy, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyati toʼgʼrisidagi qimmatli manba hisoblanadi. «Makorim ul-axloq» asarining ilmiy-izohli toʼliq tarjimasi mustaqillik davrida asarning turli nusxalarini oʼzaro solishtirish asosida OʼzR FА Sharqshunoslik instituti tomonidan ilk bora amalga oshirildi.
-
Ulug'bek xazinasi
Ushbu asar, ya'ni " Ulug'bek xazinasi"asari iste'dodli, o'zbek yozuvchisi Odil Yoqubov qalamiga mansub bo'lib roman janrida yozilgan. Asar mazmuni haqida qisqacha aytadigan bo'lsak, unda temuriy hukmdor , olim hissoblanmish Mirzo Ulug'bekning shaxsiy hayoti va fojiaviy qismati juda chiroyli va tushunarli tarzda yoritilgan. Asar Odil Yoqubovning eng sara asarlaridan biri hissoblanib, hamda oʻzbek adabiyotidagi eng muhim romanlarning biri hisoblanadi.
-
Alisher Navoiy
Isajon Sultonning yana bir mashxur asarlaridan biri bo'lgan "Alisher Navoiy" romani yosh-u qari kitobxonni bee'tibor qoldirmasligi aniq . Asar o'z nomi bilan buyuk mutaffakkir bobomiz Navoiy hazratlariga bag'ishlangan. Romandagi oʻquvchi qalbini larzaga soladigan epizodlardan judayam ko'p bo'lib o'qigan sarimiz asar ich ichiga kirib , u bilan birga yashay boshlaymiz. Mana shunday epizodlardan biri shuki, "quyuq sochlari bir oz jingalak, qoshlari toʻgʻri va tekis, yuzi oq, yonogʻi qirmizi, koʻzlarida jasurlik oʻti chaqnagan, xush xulqli, zakovatli oʻsmir” Moʻmin Mirzo oʻlimi bilan bogʻliq sahifalarga duch kelamiz. Oʻsha pallada goʻyo “saroy uzra musibat qushi uchib yurgan”dek boʻladi. Yozuvchi ta'birichaa, “tun jodugari vaqt xuftondan oʻtgandan soʻng, makr-hiyla toʻrini” keng yoyadi. Keyin esa “Mastlik bulutlari zehn oyini tugal berkitadi” va Sulton Husayn sarxushlikda oʻz nabirasi qatli hukmi hujjatga imzo qoʻyadi. Yorliqni eltayotgan choparlar holi tasvirida “tun qora, choparlar undan ham qora” rang boʻyoqlarni qoʻllaydi muallif, “samoda bulut toʻla, shivalab yomgʻir urardi”, deya qoʻshimcha qiladi.
-
Sohilsiz dengiz
"Sohilsiz Dengiz" kitobi Ahmad Muhammad Tursun qalamiga mansub bo'lib, bu kitob ulug' ajdodimiz xadislar olami sultoni bo'lgan Muhammad Ibn Ismoil Buxoriy bobomizning xayot yo'llarini hikoya qilib beradi. Buxoriyning qadam yoʻllarini tasvirlagan muallifning ishlayotgan usullariyu, mukammal idroki huddi sizni oʻsha olam ichra qushdek parvoz qildiradi. Bu asarning juda tasirli joyi har bir tolibi ilmning qanday bilim olish, unga erishish, hayotda qanday yashash kerakligi buyuk ulamolarimiz va shayxlarimiz tilidan aytilgan. Bundan bir parcha:
Tolibi ilm uchun 4ta» коф» kerak.
Kissai padar- ota kissasi
Kosai modar- ona kosasi
Kashishi ustoz- ustoz eʼtibori
Koʻshishi shogird- shogird harakati.