Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
G'iyosiddin Xondamir

Tug'ilgan sanasi: 25 - yanvar, 1473 Vafot etgan sanasi: 25 - yanvar, 1534 Davlati: Afg'oniston

Xondamir Gʻiyosiddin Muhammad ibn Xoja Humomuddin ibn Xoja Jaloliddin Muhammad ibn Burhoniddin Muhammad Sheroziy (1473—1476, Hirot — 1534, Mandu; Dehlida dafn etilgan) — tarixchi.  Ona tomondan Mirxondning nabirasi va shogirdi. Otasi temuriylardan Sulton Maxmud mirzoning vaziri boʻlgan. 10 yoshida Navoiyning kutubxonasida kutubxonachi, 1498-yil mudir. 1503-yildan Balxda Badiuzzamon Mirzo saroyida xizmat qilgan. 1507—1510-yillarda Shimoliy Afgʻonistonda (Basht qishlogʻida) adabiy ijod bilan shugʻullangan. 1510-yil Xondamir Hirotga qaytib kelgan. 1528-yil Xondamir Hindistonga, Boburiylar poytaxti Agraga, yaʼni Bobur xuzuriga borgan va 1529-yil Boburning Bengaliya va Gang daryosi sohili tomon qilgan yurishida qatnashgan. Bobur vafotidan soʻng X. uning vorisi Humoyun bilan harbiy yurishlarda ishtirok etgan. Ayni vaqtda u "Humoyunnoma" asarini yozadi. Bu xizmati evaziga unga "Amir ulmuarrixin" unvoni berilgan. Humoyun bilan harbiy yurishdan qaytib kelayotganda vafot etgan. Vasiyatiga binoan, Dehlidagi mashhur qabristonga, shoir Xusrav Dexlaviy (1253—1325) yoniga dafn etilgan. X. 13 ta asar yozgan, bizgacha 8 tasi yetib kelgan.

Yozuvchi kitoblari