-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Xarobadan chiqqan millioner
Vikas Svarupning "Xarobadan chiqqan millioner" asari o‘zida yuqori saviyadagi komediya, drama va ishqiy romanni mujassam etib, faqatgina arzimas narsalar haqidagina emas, balki hayot to‘g‘risidagi bilimlarni qanday to‘plaganimizni ham ochib beradi. Insonlarning qashshoqligidan, shon-shuhratigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishini ko‘rsatish orqali Vikas Swarup ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashning tasvirini taqdim etadi va shu bilan bir qatorda , tirik qolishdan boshqa tanlovi qolmagan bola bilan nimalar sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Ingliz tilidan Quvonch G‘ayratov tarjimasi.