-
Oq nilufarlar yurtida
Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.
-
Baxt ortidan quvib
Qo‘lingizdagi ushbu kitob ayni paytdagi tadbirkor tomonidan yozilgan.
Ushbu kitob orqali siz amaldagi tadbirkorning bilim va tajribalariga ega bo‘lasiz. Albatta, faoliyat davomida biznesni barbod qilishga oid omillar yetarlicha topiladi. Ushbu kitob sizlarni ana shu xatolar bilan birma-bir tanishtiradi. Chunki tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan inson ana shu xatolarga duch kelishi aniq. Shunday ekan, ushbu kitob Sizlarga yaqin ko‘makchi bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
-
Dengiz haqida so'zlab ber menga
Bu qissa hayotdagi eng muhim narsalar o‘z uyingdaligini anglashing uchun dunyoning yarmini kezib chiqishingga to‘g‘ri kelishi haqida hikoya qiladi. Shahar ham xuddi sevimli kishingizdek bo‘lib qolishini sezganmisiz? U sizni his qiladi, g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi, borini baham ko‘radi va o‘z o‘rnida siz ham boringizni (xoh katta yoki kichik bo‘lsin, o‘ylab o‘tirmasdan) u bilan bo‘lishasiz.
-
Dardingni sev
Kasallik nima ? U qayerdan paydo bo‘ldi ? Ong osti aqlimiz uni nima maqsadda yaratadi ? O‘z-o‘zini davolashning bosh qonuni qanday ? Mashhur amaliyotchi psixoterapevt, psixolog, oddiy va samaradorligi bilan o‘ziga xos psixologik metodikalar muallifi Valeriy Sinelnikov o‘z asarlarida bu savollarga batafsil javob bergan.
-
Da Vinchi siri
"Da Vinchi siri” ilk bor (2003 yil) savdoga chiqqan haftaning o‘zidayoq savdo ko‘rsatkichi bilan “The New York Times” gazetasida, “The Wall Streyet Journal” va “San-Fransisko” yilnomalarida birinchi o‘rinni, keyinchalik mamlakatdagi eng yirik sotuvchilar reytingida yuqori o‘rinni egallagan.
Ushbu asar jahonning 44 tiliga tarjima qilingan bo‘lib, bugungi kunga qadar butun dunyo bo‘ylab 81 milliondan ortiq nusxada sotilgan asar.
Faqat ugina mashhur rassom Leonardo da Vinchi asarlarida yashiringan sirli kodni aniqlay oladi...
-
Javdarzordagi xaloskor
Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani 1945–1946 yillarda seriyali shaklda qisman nashr qilingan, 1951 yili alohida kitob bo‘lib chiqqan. Asar ko‘plab tillarga o‘girilgan. Shu kungacha 65 million nusxada sotilgan. 2005 yili “Time” jurnali asarni 1923 yildan boshlab ingliz tilida yozilgan 100 ta eng yaxshi romanlar ro‘yxatiga kiritgan.